Shin'ichirō Tomonaga
Jump to navigation
Jump to search
Tomonaga Sinʼitiro (1906.31.3 Kioto —1979.8.7) — yapon nazariyotchi fizigi. Kvant elektrodinamika asoschilaridan biri. Kioto universitetni tugatgan (1929). Fizika va kimyo ilmiy tadqiqot institutida ishlagan (1932 yildan). Oʻz bilimini Leypsig universitetida takomillashtirgan (1937—39). Tokio universiteti professor (1941 yildan). Ilmiy ishlari kvant elektrodinamika, maydon kvant nazariyasi, mezonlar nazariyasi, yadro fizikasi, kosmik nurlar fizikasi va boshqalarga oid. Mezoatomlar mavjudligini bashorat qilgan (1940), kvantmexanik kollektiv harakat nazariyasi (1955) va boshqalarni ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureata (1965; R. Feynman va J. Shvinger bilan hamkorlikda)[1][2].
Manbalar[tahrir]
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |