Emilio Segrè
Qiyofa

Emilio Segrè (1905.1.2, Tivoli — 1989) — italyan tadqiqotchi fizigi. AQSH va Italiya Milliy akademiyalari aʼzosi. Rim universitetni tugatgan (1928), 1935-yildan shu universitetda, 1938-yildan Kaliforniya universitetida (1946-yildan professor) ishlagan. 1943—46 yillarda AQSHdagi LosAlamos Milliy laboratoriyasida. Ilmiy ishlari atom spektroskopiyasi, yadro fizikasi va yadro kimyosiga oid. 1934—36 yillarda E. Fermi guruhida protonlarning sekinlashishi hodisasini oʻrgangan. Xodimlari bilan birga texnetsiy (1937), astat (1940) va plutoniy239 (1940—41)ni ochgan. O. Chemberlen va boshqa bilan hamkorlikda antiprotonni kashf etgan (1955). Nobel mukofoti laureati (1959; O. Chemberlen bilan hamkorlikda).[1][2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |