Qora tuynuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qora oʻra yoki qora tuynukgravitatsiya (tortishish) kuchi taʼsirida jismning oʻz markazi tomon juda katta tezlikda siqilib borishi (gravitatsion kollaps jarayoni) natijasida vujudga keladigan koinotdagi obyekt. Kuchli tashqi gra-vitatsion maydonga ega. A. Eynshteyn nazariyasi boʻyicha "Qora tuynuk"ning yaqin atrofidagi jismlar doimo yopiq boʻlmagan egri chiziqli orbita boʻylab, I.Nyuton mexanikasiga muvofiq, uzokdagi jismlar esa konus kesimlarining biri boʻylab harakat qiladi. "Q.oʻ.", asosan, katta massali yulduzlar evolyutsiyasining eng oxirgi bos-qichida vujudga keladi va uning mavjudligi bevosita kuzatilmaydi. Biroq "Q.oʻ." lar zich qoʻshaloq yulduzlarning koʻrinmas komponentlari ham boʻlishi mumkin. U holda ikkinchi yulduzdan "Q.oʻ."ga relyativistik (yorugʻlik teeti-giga yaqin) tezlikda tinimsiz oʻtayotgan gaz oqimi oʻzidan rentgen nurlarini tarqatadi. Qoʻshaloq yulduz hisoblangan Oq Qush X—I obyekti shunday "Q.oʻ."lardan biridir.

Qora tuynukning xayoliy sirti hodisalar gorizonti deyiladi. Hodisalar gorizonti radiusini qora tuynuk radiusi sifatida qabul qilishadi. Eng oddiy xususiy holda u Schwarzschild radiusiga teng:

Qora tuynuklar 1916-yilda Karl Schwarzschild tomonidan Einstein tenglamalarining yechimi sifatida bashorat qilingandi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]