Wilhelm Röntgen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Wilhelm Röntgen
Tavalludi 27-mart 1845-yil
Lennep, Dyusseldorf
Vafoti 10-feveral 1923-yil
Myunxen
Sohasi Fizika
Mashhur sovrinlari Nobel mukofoti

Wilhelm Röntgen (1845.27.3, Lennep, Dyusseldorf yaqinida — 1923.10.2, Myunxen) — nemis fizigi. Syurixdagi (Shveysariya) Oliy texnika maktabida oʻqigan (1865— 68). Vyursburg (1870 yildan) va Strasburg (1872 yildan) universitetida ishlagan. Xoenxeymdagi Oliy qishloq xoʻjaligi maktabi (1875 yildan), Strasburg universiteti (1876 yildan), Gisen universiteti (1879 yildan), Vyursburg universiteti (1888 yildan, 1894 yildan rektor). Myunxen universiteti (1900-20) professor R. yangi nurlanishni kashf qilib, ularni "X nurlar" deb atadi (1895) (keyinchalik bu nurlar rentgen deb atala boshlandi). Rentgen nurlari tibbiyot, fan va texnikaning turli sohalarida keng qoʻllanila boshlandi. R. birinchi rentgen trubkasini yaratdi. 1897 yildan boshlab u kristall arnin g pyezoelektr va piroelektr xususiyatlarini oʻrgangan, kristallardagi elektr va optik hodisalarning oʻzaro bogʻliqligini aniqlagan, harakatdagi muqitlar elektrodinamikasi masalalari bilan shugʻullangan. R.ning magnetizm boʻyicha tadqiqotlari X. A. Lorents elektron nazariyasining yaratilishida katta ahamiyatga ega boʻlgan. R. fiziklar ichida dunyoda birinchi boʻlib Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan (1901).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil