Hideki Yukawa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hideki Yukawa
Tavalludi 23-yanvar 1907-yil
Vafoti 8-sentyabr 1981-yil(1981-09-08)
(74 yoshda)
Fuqaroligi Yaponiya
Otasi Takuji Ogawa

Hideki Yukawa (talaffuzi: Hideki Yukava) (1907.23.1, Tokio — 1981.8.9, Kioto) — yapon fizigi, Yaponiya Fanlar akademiyasi aʼzosi (1946), Kiotodagi untni tugatgan (1929). Shu untda va Osakadagi untda ishlagan (193239), Kioto universitet professor (1939-yildan), Nyu-Yorkdagi Kolumb universiteti professor (1949—53), Kioto untiga qarashli Fundamental fizika ilmiy tekshirish institutini boshqargan (1953—70). Ilmiy ishlari kvant mexanika, yadro va mezon fizikasi, elementar zarralar fizikasiga oid. lmezonning mavjudligi haqidagi gipotezani ilgari surdi (1935). Mezon nazariyani rivojlantirdi va nuklonlarning oʻzaro taʼsiri uchun matematik ifoda (Yu. potensiali)ni topdi. Yadro kuchlari nazariyasini yaratdi va neytral mezon tushunchasini kiritdi (1938). Oraliq bozon haqidagi gʻoyani ilgari surdi (1953). Nobel mukofoti laureati (1949)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]