Donald A. Glaser
Qiyofa

Donald Arthur Glaser (1926.21.9, Klivlend) — amerikalik fizik. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1962-yildan). Keys texnologiya institutini tamomlagan (1946). Ilmiy ishlari elementar zarralar fizikasiga, kosmik nurlar fizikasiga, molekulyar biologiyaga va fizik usullarni qoʻllashga bagʻishlangan. Zaryadlangan zarralar izini kuzatish uchun — pufak kamerani ixtiro qilgan (1952). Nobel mukofoti laureati (1960)[1][2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ "GLEZER (Glaser) Donald Artur" OʻzME. G-harfi (Wayback Machine saytida 2021-07-25 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |