Pavel Cherenkov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pavel Cherenkov

Pavel Alekseyevich Cherenkov (1904.28.7, Voronej viloyati — 1990) — rus fizigi, akademik (1970); Voronej universitetini tugatgan (1928). SSSR Fanlar akademiyasi Fizika institutida ishlagan (1930-yildan). Ilmiy ishlari fizik optika, yadro fizikasi, kosmik nurlar fizikasi va htezlatkichlar texnikasiga oid. C.W.Bavilov rahbarligida uran tuzlari eritmasining gammanurlanish taʼsiridagi lyuminessensiyasini oʻrganib, odatdagi lyuminessensiyadan farklanuvchi yorugʻlik (Cherenkov — Vavilon nurlanishi) yuzaga kelishini qayd etdi, uning asosiy xossasi — yoʻnalganligini aniqladi (1936). Moddada yorugʻlik tezligidan katta tezlikli zaryadli zarralar taʼsirida moddaning yorugʻlanish effekti Vavilov — Cherenkov effekti nomini oldi. Ch. birinchi sinxrotronlarning yaratilishiga hissa qoʻshgan. Tormozlanish nurlanishining nuklonlar va yadrolar bilan oʻzaro taʼsirini, fotoyadro va fotomezon reaksiyalarni, yuqori energiyali gammakvantlar bilan yengil yadrolarning parchalanishini tadqiq etgan. Nobel mukofoti laureati (1958)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil