Johannes Stark

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shtark Yoxannes (1874.15.4, Shakkenxof – 1957.21.6, Traunshteyn) — nemis fizigi. Gannover oliy maktabi (1909 yildan) va Axele professor (1920 yildan), Greyfsvald universiteti (1917) va Vyursburg universiteti professor (1920). Berlin Fizikatexnika ilmiy tadqiqot instituti prezidenti (1933–39), Nemis ilmiy jamiyati prezidenti (1934–36). 1919 yilda kanal nurlari (erkin harakatlanayotgan musbat ionlar dastasi) va Dopler effekti va elektr maydonda spektral chiziqlarning ajralishini kashf qilgan (qarang Shtark effekti), gazlarni razryadlash boʻyicha tekshirgan. Yorugʻlikning bir jinsli boʻlmagan elektr maydondan oʻtayotganda ogʻishini aniklagan. Nobel mukofoti laureati (1919).[1][2]

Manbalar[tahrir]