C. F. Powell

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Cecil Frank Powell (1903.5.12, Tonbrij, Kent — 1969.9.8, Milan) — ingliz fizigi. London qirollik jamiyati aʼzosi (1949-yildan). Kembrij universitetini tugatgan (1925). 1928 yildan Bristol universitetida ishlagan (1948 yildan prof.). Kosmik nurlarni tadqiq qilish maqsadida uchirilgan zond-sharlar boʻyicha tuzilgan Yevropa ekspeditsiyalari direktori (Italiya, 1952—61). Yevropa yadro tadqiqotlari markazit tuzish tashabbuskorlaridan biri. Ilmiy ishlari yadro fizikasi, kosmik nurlar va elementar zarralar fizikasiga oid. Xodimlari bilan hamkorlikda kosmik nurlardagi k -mezonlarni kashf etgan (1947). P. — faol jamo-at arbobi. 1967—69 yillarda Paguosh qoʻmitasi raisi boʻlgan. Nobel mukofoti laureata (1950).[1][2][3]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil