Ben Roy Mottelson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ben Roy Mottelson (1926.9.7, Chikago) — kelib chiqishi amerikalik boʻlgan daniyalik fizik. Perdyu universitetni (Indiana shtati) tugatgan (1947). 1951 yilda Daniyaga koʻchib kelgan. Yevropa yadro tadkikotlari markazida ishlagan (1953—57). Kopengagendagi Nordit nazariy atom fizikasi instituti professor (1957 yildan), 1981 yildan direktori. Ilmiy ishlari yadro fizikasiga, asosan, yadro nazariyasiga bagʻishlangan. O. Bor bilan hamkorlikda yadroning kollektiv modelini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (O. Bor va D. Repnuoter bilan hamkorlikda; 1975).[1][2]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari