Gestapo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gestapo (nem. Gestapo, Geheime Staatspolizei ning qisqartirilgani) — fashistlar Germaniyasida maxfiy davlat politsiyasi. 1933-yil aprelda natsizmga qarshi muxolifatni jismonan yoʻqotish maqsadida tuzilgan. Germaniyadan tashqari G. agentlari josuslik bilan shugʻullanib, siyosiy qotilliklarni amalga oshirgan. G. ayniqsa 1939—45 y.lardagi Ikkinchi jahon urushi davrida faol harakat qilgan, qator ajal lagerlari tashkil etgan. Germaniyada fashizm tormor qilinganidan keyin G. qonundan tashqari deb eʼlon etilgan. Nyurnberg protsessiaa G. yuz minglab kishilarning halok boʻlishida aybdor jinoiy tashkilot, deb tan olingan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil