Alfred Kastler
Jump to navigation
Jump to search
Alfred Kastler (1902.3.5, Gebviller — 1984) — fransuz fizigi, Fransiya Fanlar akademiyasi aʼzosi (1964 yildan). Parijdagi Oliy normal maktabni tugatgan (1924). Ilmiy ishlari optika, atom spektroskopiyasi va kvant elektronikaga oid. Oʻzi kashf qilgan va ishlab chiqqan optik uygʻotish usuli yordamida radiochastotalar sohasida magnit rezonans hodisasini aniqlagan (1950). Nobel mukofoti laureati (1966).[1][2]
Manbalar[tahrir]
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |