Martin Ryle

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Martin Ryle (talaffuzi: Martin Rayl) (1918.27.9 – 1984) — ingliz astronomi, London qirollik jamiyati aʼzosi (1952-yildan), Bredfild (Oksford) kollejida maʼlumot olgan. 1939—45 yillarda olis aloqa tekshiruv markazida ishlagan. Kembrij universitetida professor (1955-yildan). R.ning asosiy ilmiy ishlari radioastronomiyaga oid. 1948-yilda (G.Smit bilan birgalikda) Kassiopeya yudduz turkumida kosmik radionurlanishning quvvatli manbaini kashf qilgan; birinchilardan boʻlib galaktikadan tashqaridagi radioastronomiyani kosmologiyaga qoʻllagan. R. tadqiqotlarining galaktika radiotuzilishida ahamiyati katta. Nobel mukofoti laureati (1974; E.Xyuish bilan hamkorliqsa).[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari