Ernest Walton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ernest Walton

Ernest Walton (talaffuzi: Ernest Uolton) (1903.6.10, Dangarvan, Uoterford shahri yaqinida, Irlandiya1995) — irlandiyalik fizik. Dublin va Kembrij universitetlarida oʻqigan. 1932-yilda J. Kokroft bilan hamkorlikda birinchi protonlar tezlatkichi — kaskad generatorni yaratdi va sunʼiy tezlashtirilgan protonlar bilan birinchi yadro reaksiyasini amalga oshirdi. Nobel mukofoti laureati (1951; J.Kokroft bilan hamkorlikda)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil