Bezgak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bezgak (ital. malaria, mala aria — badboʻy havo) — bezgak plazmodiylari qoʻzgʻatadigan invazion kasallik; isitma tutishi, qonda jiddiy oʻzgarishlar sodir bulishi, kamqonlik, jigar va taloqning kattalashuvi bilan kechadi. Bezgakning plaz-modiysi toʻrt xil, shunga koʻra Bezgakning uch kunlik, toʻrt kunlik, tropik va Afrika xillari bor. B. plazmodiysi Bezgak chivini va odam organizmida koʻpayib, rivojlanadi. Kasallik manbai bemor va B. chivini (asosan urgʻochisi) hisoblanadi. Bezgak plazmodiysi Bezgak bilan ogʻrigan bemor organizmida jinssiz (shizogoniya), kasallikni tashib yuruvchi — anofeles chivini tanasida esa jinsiy yoʻl bilan rivojlanadi. Kasallik sogʻlom odamga chivin chaqqanda, odam organizmiga uning soʻlagi orqali qoʻzgʻatuvchilar tushganda yuqadi. Qon oqimi bilan ular jigarga tushadi, bu yerda rivojlanishning birinchi (toʻqima) sikli roʻy beradi, soʻngra yana qonga tushadi va erit-rotsitlar ichiga kirib oladi, bu yerda ikkinchi (eritrotsitar) rivojlanish sikli oʻtib, eritrotsitlarning parchalanishi va qonga koʻp miqsorda qoʻzgʻatuvchilar chiqishi bilan tugallanadi, bu odamni isitma tutishi bilan oʻtadi.Bezgak oʻtkir yuqumli kasallik boʻlib, Anofeles (bezgak chivinlari) chivini orqali yuqishi, qaltirash, tana harorati koʻtarilishi, taloq va jigar kattalashishi hamda kamqonlik bilan xarakterlanadi. Bezgak ilmiy tilda malaria deb ataladi va bu malariae soʻzidan olingan boʻlib, mal — badboʻy, ariae — hid yoki havo degan maʼnoni anglatadi. Uni juda kichik parazit-plazmodiylar qoʻzgʻatadi. Ularni faqat mikroskop ostida koʻrish mumkin.

Virus inson qonida yashab, koʻpayadi va qizil qon tanachalarida joylashib, ularni parchalaydi hamda qon ishlab chiqarish, asab, yurak qon-tomir va organizmning boshqa tizimlarini ishdan chiqaradi. Baʼzan kasallik shunchalik ogʻir kechadiki, agar davolash oʻz vaqtida boshlanmasa, bemor bir necha kundan soʻng asosan tropik bezgakda vafot etadi. Harorat koʻtarilganda yoki bezgakning boshqa belgilari namoyon boʻlganda, albatta tibbiy yordamga murojaat qilish kerak. Toʻgʻri tashhis qoʻyishda qon tahlili shart. Agar siz oxirgi 3 yil davomida Markaziy va Janubiy-Sharqiy Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari hamda Tojikis¬ton va respublikamizning janubiy viloyatlariga chiqqan boʻlsangiz, u yerda bezgak bilan zararlanish xavfi yuqoriligini hisobga olgan holda, har qanday darmonsizlik kuzatilsa, albatta barmoqdan qon topshirishingiz lozim.[1]

Qoʻzgʻatuvchi odam organizmida 10—14 kungacha (baʼzan, bir yilgacha va bundan koʻproq) boʻlib, kasallik belgilarini qoʻzgʻatmasligi mumkin (inkubatsion yoki yashirin davr). Kasallik toʻsatdan boshlanadi: bemorni isitma tutib, junjiydi, qalti-raydi (u baʼzan shu qadar qatgiq qalti-raydiki, hetto ustiga issiq koʻrpa yopilganda ham sovuq qotadi), keyin kdlti-rash bosilib, harorat koʻtariladi (41 — 41,5°), bemor boʻriqib, qizarib ketadi, nafas olishga qiynalib, halloslaydi, boshi qattiq ogʻriydi.

Isitma bir necha soat tutadi. Soʻngra harorati tez pasa-yib, baʼzan bir maromga tushadi; shu payt bemor qattiq terlaydi, ertasiga oʻzini sogʻlom gʻis qiladi. Keyin yana isitma tutadi; uch kunlik Bezgakda — ikki kunda bir marta, toʻrt kunlik Bezgakda — har uch kunda bir marta, tropik Bezgakda — koʻpincha kun sayin isitma tutib turadi. Isitma tutayotgan bemorning qoni tekshirilganda, Bezgak plazmodiylarini topish mumkin. Bezgak tutavergach, plazmodiylar qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)ni parchalashi sa-babli bemor kamqon boʻlib qoladi, ta-logʻi va jigari kattalashadi, oq qon ta-nachalari (leykotsitlar) ancha kamayadi. Bezgak davolanmay qolib, kasallik uzoq davom etganda tinkani quritib, mehnat qobiliyatini susaytiradi, bolalar oʻsish va ri-yujlanishdan orqada qoladi. Bemor oʻz vaqtida davolanmasa yoki chaladavolansa, Bezgakka boshqa kasalliklar qoʻshiladi. Bezgakning ogʻir shakli bilan ogʻriganlarda, shuningdek bo-lalarda koma holati, baʼzan oʻlim yuz berishi mumkin. Bemor barvaqt toʻgʻri davolangavda sogʻligʻiga pugur yetmaydi, undan atrofdagi kishilarga Bezgak chivinlari orqali kasallik yuqish ehtimoli yoʻqoladi.

Isitmaning xurujiga, taloqning katta-lashganiga, chap biqin sohasida ogʻriq turishi va badan zaʼfaron tus olishiga qarab, bemorda Bezgak bor deb taxmin qilish mumkin. Ammo Bezgakni aniq bilish uchun bemordan qon olib, mikroskopda tekshirish shart. Bemorni vrach davolaydi. Unga tinch sharoit va yaxshi parvarish zarur. Ka-sallikning oldini olishda asosiy eʼti-bor bemorlarni erta aniqlash va davolashga qaratilgan boʻlishi kerak.B. chivini koʻp uchraydigan joylarda himoya kiyim-boshi va chivinni keltirmaydigan dori vositalaridan foydalanish lozim. Shonosir Shovahobov.[2]

Hozirgi davr[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bezgak kasalligi dunyoning yuzdan ortiq davlatlari aholisi sogʻligiga xavf tugʻdirmoqda. Kasallik asosan Afrika, Oʻrta Osiyo, Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq va Yevropaning ayrim hududlarida uchramoqda. Hozirgi vaqt¬da kasallik bartaraf etilgan MDH mamlakatlarida (Tojikiston, Qirgʻiziston, Gurjiston, Ozarbayjon, Rossiya va boshqa davlatlar) qaytadan kuzatilmoqda. Tropik mamlakatlarning barchasi kasallik boʻyicha xastalanish darajasi yuqori hudud boʻlib qolmoqda.

2007-yilning may oyida Jenevada boʻlib oʻtgan Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining 60-assambleyasida har yili 25-aprel dunyo boʻyicha Bezgakka qarshi kurash kuni, deb eʼlon qilindi. BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun: „Bezgakka qarshi shafqatsiz kurash olib borishning vaqti keldi“, degan maqolada, bezgak — bu ayovsiz qotil, deb taʼkidlagan.

Kasallikning Oʻzbekistonda paydo boʻlishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bizga qoʻshni Tojikiston, Qirgʻiziston va Afgʻoniston davlatlarida bezgak boʻyicha vaziyatning keskinlashishi, mazkur kasallikning respublikamiz hududiga olib kelinishi va mahalliy bezgakning roʻyxatga olinishi respublikamiz sogʻliqni saqlash tizimi uchun dolzarb muammolardan biri boʻlib qolmoqda. Umumiy kasallanganlarning koʻpchiligi chetdan (Tojikistondan) yuqtirib kelgan. (Oʻzbekistonda ham bezgak kasalligi 1925-1961-yillarda keng tarqalgan edi). 1980-1990-yillarga kelib, Oʻzbekiston bilan qoʻshni Afgʻoniston va Tojikiston Respublikalari (1990-2009-yil) oʻrtasida aholining (migratsiya) faol qatnovi natijasida, respublikamizga infeksiya ommaviy ravishda kirib kela boshladi. Kasallikning yuqori koʻrsatkichlari boʻlgan hududlarda bezgak kasalligi odamlarga jabr etkazish bilan birga, katta iqtisodiy zarar keltirmoqda. 2005-yildan boshlab, Global fond grant lo¬yihasi olib borayotgan faoliyat natijasida Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa MDH mamlakatlaridagi bezgak kasalligi boʻyicha epidemiologik vaziyat yaxshilandi. Oxirgi 5 yilda bezgak kasalligiga qarshi kurashda ijobiy samaralarga erishildi.

„Oʻzbekistonda 2005—2008-yillarda bezgak bilan kasallanish xavfi yuqori boʻlgan aholiga qaratilgan harakatni kengaytirish“ Global fond grant loyihasi 2002-yil BMT tashabbusi bilan tashkil topgan. Rahbariyati Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan boʻlib, har yil uchta kasallik: OITS, tuberkulyoz, bezgak boʻyicha grant eʼlon qiladi va uni yutgan davlatlarga moliyaviy yordam beradi.

2005-yil Toshkent shahrida JSSTning Yevropa hududida bezgak eliminatsiyasiga yunaltirilgan regional tashabbusi boʻyicha birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda bezgak kasalligi kayd etilgan barcha davlatlar qatnashdi. Yigʻilishda manfaatdor davlatlarning sogʻliqni saqlash vazirliklari tomonidan tasdiqlangan „Bezgakka qarshi kurashdan, bezgak eliminatsiyasiga qarab“ mavzusida Toshkent Deklaratsiyasi maʼqullandi.

Respublikamizda bezgak (yoʻq qilish) eliminatsiyasi yoʻlidagi vaziyat nazoratga olingan boʻlib, kasallikning oldini olishga davlatimiz alohida eʼtibor qaratib kelmoqda. Kasallik kelib chiqishining asosiy qismini Tojikiston va Afgʻoniston bilan chegaradosh boʻlgan Surxondaryo viloyati tashkil etadi. Aholi migratsiyasining kuchayishi infeksiyaning respublikamizga kirib kelish xavfini tugʻdirmoqda. Surxondaryo viloyatining hududlarida bezgakning sanoqli mahalliy holatlari aniqlanmoqda. Epidemiologik nazorat borasida Davlat Sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi umumiy tibbiyot tarmoqlari bilan hamkorlikda bezgak kasalligi uchraydigan hududlarga borib kelganlarni aniqlash yuzasidan epidemiyaga qarshi kompleks ishlar olib bormoqda. Shu bilan birga, JSST va mutasaddi tashkilot hamda vazirliklar bilan oʻzaro hamkorlik aloqalari yoʻlga koʻyilgan. Bezgakning qayta kirishiga yoʻl qoʻymaslik uchun Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tegishli choralar koʻrilmoqda. Bezgakning oldini olish va unga qarshi kurashish strategiyasida uch kunlik bezgakning kamayishiga erishish va tropik bezgakning yuqtirilishiga yoʻl qoʻymaslik asosiy maqsad qilib olingan.

Qonda bezgak parazitlari aniqlangan holda davolash muolajalarini tezda boshlash kerak. Bu kasalni davolash uchun samarali dori-darmon vositalari mavjud. Kasallik asosan 4 ta, yaʼni uch kunlik, uch kunlikka oʻxshash ovale, toʻrt kunlik va tropik bezgak koʻzgʻatuvchilaridan iborat. Har bir koʻzgʻatuvchi oʻzining klinik, epidemiologik va laboratoriya diagnostikasi bilan bir-biridan farq qiladi. Infeksiya manbai boʻlib, kasallik bilan ogʻrigan bemor parazit tashuvchi hisoblanadi. Kasallikning dastlabki belgilari: holsizlik, bosh ogʻrigʻi, sovuqqotish, boʻgʻimlarda ogʻriq boʻlishi, oʻqchish, qusish, ishtaha yoʻqolishi. Bu holat odam kasallikdan zararlangandan 10-15 kun keyin boshlanadi, tana harorati 37,5-38 darajagacha koʻtarilib, 1-2 kun oraligʻida bezgak xurujlari kuzatilib, bunday holat oʻrtacha 48 soat davom etadi va oʻziga xos spesifik belgilarga ega. Tana qaltirashidan boshlanadi, kuchli titroq bosadi, bemor muzlaydi, koʻrpa ichida ham qaltiraydi, bu davr 15 daqiqadan 2-3 soatgacha davom etadi. Keyin tana harorati 39-41 darajagacha koʻtarilishi bilan birga qizib ketish, qattiq bosh ogʻrigʻi kuzatilib, bu davr 2-6 soat davom etadi. Keyin koʻp terlash kuzatiladi. Xuruj qilish kunduz kunlari, har safar bir vaqtda boshlanadi, bu differensial tash¬his belgilarining biridir. Tana harorati meʼyorlashadi va undan ham pasayishi mumkin. Bemor darmonsiz boʻlsada, engillik sezadi. Kasallik boshlanishidan 1 hafta oʻtganidan soʻng jigar va taloqning kattalashishi va kamqonlik belgilari kuzatiladi. Bezgakning ogʻir belgilarida qusish (ogʻiz orqali dori-darmonlarni qabul qilishning iloji yoʻq), holsizlik, notekis nafas olish (tezlashishi), uyqusirash, bemor savollarga zoʻrgʻa javob beradi.

Kasallikning tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bezgak kasalligi sogʻlom insonga bemordan, yuqorida qayd etilgan Anofeles turiga mansub chivinlarning chaqishi orqali oʻtadi. Chivin bezgakka chalingan insonni chaqqanida, uning oshqozoniga qon orqali parazitlar tushadi. Chivin organizmida parazitlar bir necha kun rivojlanadi va yuqumli parazit tashuvchisiga aylanadi. Sogʻlom odamni chaqqanda chivinning soʻlagi orqali infeksiya odam organizmiga tushadi hamda maʼlum bir vaqt ichida insonda kasallik belgilari paydo boʻladi. Bezgak chivinlarining hayot tarzi murakkab boʻlib, suv va havoda oʻtadi. Suv va havo harorati qulay boʻlsa, rivojlanishning butun jarayoni 10-20 kun davom etadi. Chivinning urgʻochisi suvga tuxum qoʻygandan keyin undan gʻumbaklar chiqib qoʻgʻirchoqqa aylanadi va ulardan qanotli chivinlar uchadi. Chivinlar ozuqa izlab bir martada 3 km.gacha boʻlgan masofani bosib oʻtishi mumkin. Bezgak koʻzgʻatuvchisi bilan zararlangan chivin ikki oy davomida kasallik yuqtirish qobiliyatiga ega boʻladi. Bezgak chivinlari daryo sohillari, botqoqlashgan suv havzasi, sholipoyalar, axlat chiqindilari toʻlib ketgan, turgʻun suvli yoki oqimi sekin ariqlar, suv quvurlarining ishdan chiqishi natijasida, vaqtincha vujudga keladigan suv havzalarida koʻpayadi.

Avval taʼkidlab oʻtilganidek, bezgak faqatgina bezgak chivinlari mavjud joylarda tarqaladi. Buning uchun eshik va derazalarni himoya toʻrlari (doka, temir yoki polietilen setka) bilan qoplash, hasharotlardan himoya qiluvchi toʻr (pashshaxona) oʻrnatish lozim. Bundan tashqari, maxsus elektrik moslamalar yoki fizik qurilmalar yordamida chivinlarni qoʻrqituvchi spiral va plastinalarni qoʻllash mumkin. Chivinlar soni va ular koʻpayayotgan erlarni kamaytirish uchun keraksiz suv havzalari va botqoqlarni yoʻqotish, suv havzalarida chivin qurtlari bilan oziqlanadigan gambuziya baliqchasini koʻpaytirish, xonalar va suv havzalariga insektitsidlar (zaharli ximikatlar) bilan ishlov berish lozim. Bu ishni DSENM hamda dezinfeksiya stansiyalari xodimlari amalga oshiradilar. Faqatgina oʻz vaqtida va toʻgʻri davolash kasallikning oldini olishi mumkin. Issiq iqlimga ega boʻlgan chet davlatlarga ketishdan avval, albatta, sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi shifokori yoki oilaviy shifokoringiz bilan bezgakning oldini olish choralari toʻgʻrisida maslahat olishingizni tavsiya etamiz.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. ҲАР ҚАНДАЙ КАСАЛЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛСА БЎЛАДИ, 2–iyun 2015–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 12–fevral 2013–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil