Guglielmo Marconi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

MARKONI (Marconi) Gulyelmo (1874.25.4, Bolonya - 1937.20.7, Rim) — italiyalik radiotexnik va tadbirkor. Muntazam ilm olmagan. Elektromagnit toʻlqinlar haqida asosiy maʼlumotlarni italyan fizigi A. Rigidan olgan, uning rahbarligida oʻsmirlik davrida fizika bilan shugʻullangan. 1896 yilda Buyuk Britaniyaga koʻchgan va u yerda elektromagnit toʻlqinlar yordamida signal berish tajribalarini oʻtkazgan. 1897 yilda simsiz telegraflash usuliga tegishli ixtirosiga patent olgan, aksiyadorlik jamiyatini tashkil qilgan (1897). Aloqa vositasi sifatida radioni rivojlantirgan. 1901 yilda Atlantika okeani orqali radioaloqa oʻrnatgan. Nobel mukofoti laureati (1909; K. F. Braun bilan hamkorlikda).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil