Togʻ echkilari
Tog%CA%BB echkilari | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Togʻ echkilari (Capra) - quvush shoxli juft tuyoqlilar urugʻi. Gavdasining uz. 100—170 sm, yagʻrinidan bal. 65—115 sm, vazni 35—150 kg. Serkasi (erkagi) uzun "soqoli" va dumi ostida hid bezlari rivojlangan. 8 turi bor. Shimoliy Afrika, Yevrosiyoda, jumladan, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Gʻarbiy Sibir togʻlarida tarqalgan. Chiqish qiyin boʻlgan qoyali joylarda yashaydi. Oʻzbekiston togʻlarida 2 turi: burama shoxli echki, yaʼni morxoʻr (Koʻhitang va Bobotogʻda) va Sibir togʻ echkisi (Turkiston va Chatqol togʻ tizmalarida) uchraydi. Yilda 1—2 bola tugʻadi. 15—17 yil yashaydi. Goʻshti va terisi uchun ovlangan. 2 turi ham Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Soni keskin kamayib ketgan. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkiloti Qizil kitobiga 2 turi va 2 kenja turi kiritilgan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |