Archa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Archa (Juniperus) — sarvdoshlar oilasiga mansub doim yashil daraxt va butalar turkumi. 70 ga yaqin turi bor. A. bir jinsli, bir yoki ikki uyli, shamol yordamida changlanuvchi, ignabargli o‘simlik. A.ning erkaklik qubbasi sarg‘ish, 3 — 6 changdonli qipiqsimon changchilardan tashkil topgan. Urg‘ochi qubbalari yashil bo‘lib, qarama-qarshi yoki ol-dinma-keyin o‘rnashgan urug‘chibarg va urug‘kurtaklardan iborat. Qubbalari yumaloq (diametri 5 — 20 mm), ichi-da 1 — 10 dona urug‘ bor. A. mart—may oylarida gullaydi. Mevasi qo‘ng‘ir, ik-kinchi yili (sent. — noyabrda) pishib, qish yoki bahorda to‘kiladi. A. urug‘ini yaxshi undirish uchun uni yezda stratifikatsiya qilib, kuzda sepiladi. 2 — 3 yoshli ko‘chati ekiladi. A.ning ko‘pchiligi o‘rta min-taqalarda o‘sadi. Ba’zi turlari tropik hududlardagi tog‘larda ham uchraydi. J. semiglobosa (sovur A.), J. turkestanica (o‘rik A.), J. sabina (qora A.) va J. seravschanica (Zarafshon A.) kabi turlari O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston tog‘larida tarqalgan bo‘lib, maxsus archazorlarni tashkil qiladi. A.ning xo‘jalikdagi ahamiyati katta. Yog‘ochi me’morlikda, o‘ymakorlikda va qalam yasashda ishlatiladi. Ba’zi turlaridan xushmanzara o‘simlik sifatida foydala-niladi. Qubbalaridan turli moddalar (efir moyi, qatron, qand, mum va organik kislotalar) olinadi. Qubbasining damlamasi tabobatda siydik haydovchi, balg‘am ko‘chiruvchi va ovqat hazm qilishni yaxshilovchi dori sifatida ishlatiladi. O‘rta Osiyodagi turlaridan olinadigan efir moyining sedrol fraksiyasi esa jarohatni, suyakning teshilib oqishini davolashda qo‘llaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil