Antropologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Antropologiya — (antropo … va … logiya) — odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, odamzod irqlarining pay-do bo‘lishi, odamning tana tuzilishida-gi normal farq-tafovut, o‘zgaruvchanlik haqidagi fan. A. ijtimoiy fanlarga juda yaqin turadigan biologiya sohasidir.A.ga doir fikrlar bundan bir necha ming yil ilgari paydo bo‘lganiga qaramay, u fan sifatida faqat 19-a.ning 2-yarmidan shakllana boshladi. A.ning muhim sohasi — odam organizmining tuzilishi va rivojlanishiga taʼsir qiladigan fiziologik, biokimyoviy va genetik omillarni o‘rganadigan bo‘limi — „Odam biologiyasi“ degan umumiy nom bilan 20-a. o‘rtalaridan boshlab rivojlan-di. Odamning paydo bo‘lishida faqat ta-biat olamining qonuniyatlarigina emas, balki ijtimoiy omillar ham muhim rol o‘ynagan. Odam paydo bo‘lgandan hozirgi holatigacha uning butun hayoti ijtimo-iy jamiyatning rivojlanish qonuniyati bilan chambarchas bog‘langan. A.ning fan bo‘lib rivojlanishida tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi fanlar ijobiy rol o‘ynadi. Zamonaviy fan nuqtai nazaridan aytgan-da, A. quyidagi uchta katta bo‘limdan ibo-rat: 1) odam morfologiyasi; 2) antropoge-nez; 3) irqshunoslik (etnik A.)- Morfo-logiya odamning jismoniy tuzilishida-gi belgilarning yosh, jins, kasb va tashqi sharoitga qarab o‘zgarishini tushuntirib beradi. Irqshunoslik odamzod irkla-rining kelib chiqish davri va sababla-rini, ularning Yer yuziga tarqalishini izohlab, etnogenez muammolarini yechish-ga ham o‘z hissasini qo‘shadi. A. o‘zining turlicha tekshirish usullariga (antro-pometriya, osteometriya, kraniometriya) va ko‘p xil asboblariga ega. A. biol. fa-nining faqat nazariy sohasi bo‘libgina qolmay, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan sohasi hamdir. Uning dalillaridan ko‘p sohalarda, jumladan tibbiyotning har xil sohalarida (mas, odamning jismo-niy o‘sishini o‘rganishda), shuningdek sud ekspertizasida foydalaniladi.Turkiston o‘zining geografik o‘rniga ko‘ra uzoq o‘tmishda murakkab irqiy va etnik jarayonlarni boshidan kechirgan, shuningdek qo‘shni xalqlarning ham ta-rixiy taqdirlarini belgilab berish-da katta rol o‘ynagan. Bu o‘lka, xususan O‘zbekiston xalqlarini antropologik jihatdan o‘rganish 20-yillarda rivoj-landi. Bu ishda O‘rta Osiyo davlat universiteti antropologiya kafedrasi asoschisi va do-imiy rahbari L. V. Oshaninning xizmati katta bo‘ldi. Uning rahbarligida Turki-ston bo‘ylab 29 antropologik ekspedi-siyalar uyushtirildi. L. V. Oshanin va uning shogirdlari (V. Ya. Zezenkova, Q. N. Najimov)ning saʼy-harakatlari natija-sida Turkiston antropologik jihatidan 3 viloyatga ajratildi. Amudaryo va Sir-daryo oralig‘ida yashovchi o‘zbeklar va to-jiklar yer yuzidagi mavjud uch irqning (yevropeoid, negroid va mongoloid) biri — yevropeoid irqining „O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi“ga mansub deb topil-di. Moskvalik antropolog A. I.Yarxo bu irqni „Pomir-Farg‘ona tipi“ deb atadi. Farg‘ona vodiysidagi Selungur va Surxondaryodagi Teshiktosh g‘orlaridan topilgan qad. ajdodlarimiz qoldiqlari tufayli O‘zbekiston Afrika va Old Osiyo hududlari bilan bir qatorda, 565hoz. zamon odamlarining paydo bo‘lishi jarayoni yuz bergan hududlar tarkibiga kiritildi va bu xulosa fanda uzil-kesil isbotlangan. O‘zbek xalqiga xos „O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi“ning shak-llanish davri, makoni va tarixi masala-larida fanda yaqingacha yagona fikr yo‘q edi. Bir guruh olimlar bu irqiy tip bundan 6 — 8 ming yil ilgari shakllan-di desa, boshqa bir guruh mutaxassis-lar bu voqea bundan 3 ming yil ilgari sodir bo‘ldi deyishdi. Uchinchi guruh olimlari esa uni 16-a.da shakllandi deb hisoblar edilar. O‘zbek antropologlari (T. Xo‘jayov)ning uzoq yillik izlanish-lari natijasida, juda boy antropologik materiallar asosida bu tip bundan 2200 — 2300 yil ilgari shakllana boshlagan-ligini isbotladilar (q. O‘zbeklar).Ad.: Oshanin L. V., Antropologiche-skiy sostav naseleniya Sredney Azii i etnogenez yeyo narodov, ch. 1 — 3, Yerevan, 1957 — 59 (Trudi Sredneaz. Gos. universiteta, Nov. ser, vip. 96 — 98; Istoricheskiye nauki kn. 16 — 18); Xo‘jayov T. K,., Xo‘jayova G. K,., O‘zbek xalqining antro-pologiyasi va etnik tarixi, T., 1995; Ma-teriali k etnicheskoy istorii naseleniya Sredney Azii, T., 1986.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil