Yozgi Olimpiada oʻyinlarida futbol
Yozgi Olimpiada oʻyinlarida futbol | |
---|---|
XOQ intizom kodeksi | FBL |
Boshqaruv organi | FIFA |
Musoboqa | 2 (men: 1; women: 1) |
Oʻyinlar | |
| |
|
Yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi futbol musobaqasi birinchi marta 1900-yilda Parijdagi Yozgi Olimpiyada oʻyinlarida joriy qilingan. 1932-yildan Los-Anjelesdagi Yozgi Olimpiya oʻyinlaridan tashqari har bir oʻyinlar dasturiga kiritilgan.
Dastlab, musobaqa erkaklar uchun, 1996-yildn esa esa Atlantadagi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ayollar oʻrtasida alohida turnir sifatida oʻtkazila boshlangan. Olimpiyadadagi erkaklar futboli (boks, golf, tennis va xokkey bilan bir qatorda) sport turlaridan biri boʻlib, unda oltin medal oliy yutuq hisoblanmagan. Qolaversa, Olimpiya futboli maqomi jihatidan nafaqat jahon chempionati, balki Yevropa va Amerika qitʼa chempionatlaridan quyi oʻrinlarda turgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbol sport turi sifatida birinchi marta Parijdagi Olimpiya oʻyinlarida paydo boʻlgan. Unda Fransiya, Belgiya va Buyuk Britaniyaning uchta klubi ikkitadan oʻyin oʻtkazgan. Dastlab „Apton Park“(Londonda joylashgan sobiq futbol stadioni) maydonida Fransiyaning „Union France de Sports Athletic“ jamoasi Belgiyaning Bryussel erkin Frankofoniya universiteti klubi bilan toʻqnash kelgan va 6:2 hisobida magʻlubiyatga uchratgan. Britaniyaliklar esa fransuzlarni 4:0 hisobida magʻlub etishgan va birinchi Olimpiya chempionlari deb eʼlon qilingan. Fransiya ikkinchi, Belgiya jamoasi uchinchi oʻrinni egallagan.
Shuningdek, 1904-yilda Sent-Luise (AQShning Missuri shtatida joylashgan mustaqil shahar)da oʻtkazilgan navbatdagi Olimpiya oʻyinlarida uchta jamoa futbol oʻynagan. Turnirda Kanadaning „Galt“ (Kanadaning Galt shahrida joylashgan futbol klubi) klubi va Amerikaning ikki jamoasi ishtirok etgan: Sent-Rouz Paris va Christian Brothers College High School jamoalari. Kanadaliklar Amerikaning ikkala jamoasini magʻlub etib, chempion boʻlgan, AQShning ikki jamoasi esa olimpiya oʻyinlarining kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Hozirda Xalqaro olimpiya qoʻmitasi bu ikkala musobaqani ham rasmiy Olimpiyada oʻyinlarining dasturiy qismi deb hisoblaydi, FIFA va IFFHS esa ularni koʻrgazmali musobaqalar deb tasniflaydi va statistikaga kiritmaydi.
1904-yilga kelib, Xalqaro futbol federatsiyasi tashkil topgan va keyingi 1908-yilda Londonda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlaridan boshlab bu tashkilot Olimpiya oʻyinlaridagi futbol musobaqalarini boshqarib borgan. Oʻshandan beri futbol turnirida har bir mamlakatdan faqatgina bitta terma jamoalar ishtirok etgan (1908-yilgi oʻyinlarda Fransiyadan ikkita jamoaning ishtiroki bundan mustasno). Shuningdek, „Olimpiya tizimi“ bitta nokautli oʻyindan iborat boʻlgan musobaqa formati sifatida joriy etilgan va turnirda faqat havaskor futbolchilar ishtirok etishiga qaror qilingan.
1930-yil birinchi jahon chempionati oʻtkazilgunga qadar futbol boʻyicha Olimpiya turniri ushbu sport turidagi muhim xalqaro musobaqa hisoblangan. Ammo unda professional futbolchilarning ishtirok etishi taqiqlanganligi sababli bu maqom jahon chempionatiga oʻtkazilgan. FIFA 1924- va 1928-yillardagi Olimpiya turnirlarini rasman „havaskorlar jamoalari oʻrtasidagi jahon chempionati“, yaʼni zamonaviy jahon chempionatining bevosita salaflari sifatida tan olgan[1].
1960-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlaridan boshlab musobaqa formati oʻzgargan va ishtirokchilar soni cheklangan. Shu paytdan boshlab 16 ta jamoa toʻrtta jamoadan toʻrtta guruhga boʻlingan va oʻz guruhlaridagilar bilan oʻynagan. Guruhlardagi yaxshi natija koʻrsatgan jamoalar pley-offga yoʻllanma olgan.
1984-yilga kelib cheklangan hududlar boʻyicha professional oʻyinchilarga Los-Anjelesda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiyada oʻyinlarida ishtirok etishga ruxsat berilgan. Jumladan, Osiyo, Afrika, KONKAKAF (Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi futbol konfederatsiyasi) hududi va Okean orti davlatlari ushbu roʻyhatdan oʻrin olgan. Taqiq 1992-yilda butunlay olib tashlangan va shu bilan birga, futbolchilar uchun qisman yosh chegarasi joriy qilingan. Ular 23 yoshdan oshmasligi belgilangan.
1996-yildan boshlab esa har bir jamoada turli yoshdagi uchta futbolchi oʻynashiga ruhsat etilgan, ammo qolgan oʻyinchlar 23 yosh katta boʻlmasligi belgilab qoʻyilgan.
Joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olimpiada turniri uchun zarur boʻlgan katta stadionlar soni tufayli, uzoq shaharlardagi joylar – koʻpincha asosiy mezbondan 200 km (120 mi) uzoqroqda – odatda futbol oʻyinlari uchun foydalaniladi. turnir. Ekstremal misolda, 1984-yilgi oʻyinlar uchun ikkita erta bosqich oʻtkaziladigan joy Qoʻshma Shtatlarning sharqiy qirgʻogʻida joylashgan boʻlib, ular Amerika Qoʻshma Shtatlaridan 2,000 milya (3,200 km) uzoqlikda joylashgan edi. mezbon shahar Los-Anjeles. AQSHda boʻlib oʻtgan navbatdagi oʻyinlar, 1996 yilgi oʻyinlar oʻziga xos xususiyatga ega edi, chunki mezbon Atlanta shahrida hech qanday oʻyin oʻtkazilmagan; eng yaqin joy va final oʻtkaziladigan joy 65 milya (105 km) masofada Gruziya universiteti kampusida Afinada joylashgan. 2016 va 2020-yil Yozgi Olimpiada Oʻyinlarini hisobga olsak, barcha sport turlaridan biri boʻlgan Olimpiya futboliga mezbonlik qilgan 127 ta maydon bor.
Erkaklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1. Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tomonidan rasmiy deb tan olingan turnirlar; FIFA ularni koʻrgazma deb biladi, chunki ular tashkil etilishidan oldin oʻtkazilgan. 2. Final uchrashuvining birinchi boʻlimida (Belgiya – Chexoslovakiya) 2:0 hisobida belgiyaliklar foydasiga hal boʻlgan chexoslovakiyalik futbolchilar hakamlikdan norozi boʻlib, maydonni tark etishgan va buning uchun diskvalifikasiya qilingan. Ikkita gʻolibni aniqlash uchun qoʻshimcha turnir oʻtkazilib, final oʻyinida Ispaniya terma jamoasi Gollandiya termasini magʻlub etgan (3:1) va ikkinchi oʻrinni egallagan. Gollandiya 3-oʻrinda qolgan. 3. Tashkiliy qoʻmita qarori bilan bronza uchun bahsda maydonga tushgan jamoalar qoʻshimcha oʻyindan ozod etilgan va har ikkisi ham bronza medallari bilan taqdirlangan.
Ayollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Oʻtkazilgan joyi | Final | 3-oʻrin uchun oʻyin | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
1-oʻrin | Hisob | 2-oʻrin | 3-oʻrin | Hisob | 4-oʻrin | ||
1996-yil Koʻrib chiqish |
Atlanta | AQSh | 2 : 1 | Xitoy | Norvegiya | 2 : 0 | Braziliya |
2000-yil Koʻrib chiqish |
Sidney | Norvegiya | 3 : 2 qoʻsh. vaqt |
AQSh | Germaniya | 2 : 0 | Braziliya |
2004-yil Koʻrib chiqish |
Afina | AQSh | 2 : 1 qoʻsh. vaqt |
Braziliya | Germaniya | 1 : 0 | Shvetsiya |
2008-yil Koʻrib chiqish |
Xitoy | AQSh | 1 : 0 qoʻsh. vaqt |
Braziliya | Germaniya | 2 : 0 | Yaponiya |
2012-yil Koʻrib chiqish |
London | AQSh | 2 : 1 | Yaponiya | Kanada | 1 : 0 | Fransiya |
2016-yil Koʻrib chiqish |
Rio-de-Janeyro | Germaniya | 2 : 1 | Shvetsiya | Kanada | 2 : 1 | Braziliya |
2020-yil Koʻrib chiqish |
Tokio | Kanada | 1 : 1 pen, boʻyicha. 3 : 2 |
Shvetsiya | AQSh | 4 : 3 | Avstraliya |
Medallar reytingi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Umumiy reyting
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrin | Mamlakat | Oltin | Kumush | Bronza | Jami |
---|---|---|---|---|---|
1 | AQSh | 4 | 2 | 2 | 8 |
2 | Vengriya | 3 | 1 | 1 | 5 |
3 | GBR | 3 | 0 | 0 | 3 |
4 | Braziliya | 2 | 5 | 2 | 9 |
5 | Argentina | 2 | 2 | 0 | 4 |
6 | SSSR | 2 | 0 | 3 | 5 |
7 | Kanada | 2 | 0 | 2 | 4 |
8 | Urugvay | 2 | 0 | 0 | 2 |
9 | YUG | 1 | 3 | 1 | 5 |
10 | Ispaniya | 1 | 3 | 0 | 4 |
11 | Shvetsiya | 1 | 2 | 2 | 5 |
12 | Polsha | 1 | 2 | 0 | 3 |
13 | Germaniya | 1 | 1 | 3 | 5 |
14 | GDR | 1 | 1 | 1 | 3 |
Nigeriya | 1 | 1 | 1 | 3 | |
16 | Chexoslovakiya | 1 | 1 | 0 | 2 |
Fransiya | 1 | 1 | 0 | 2 | |
18 | Italiya | 1 | 0 | 2 | 3 |
Norvegiya | 1 | 0 | 2 | 3 | |
20 | Belgiya | 1 | 0 | 1 | 2 |
Meksika | 1 | 0 | 1 | 2 | |
22 | Kamerun | 1 | 0 | 0 | 1 |
23 | Daniya | 0 | 3 | 1 | 4 |
24 | Bolgariya | 0 | 1 | 1 | 2 |
Yaponiya | 0 | 1 | 1 | 2 | |
26 | SUI | 0 | 1 | 0 | 1 |
Avstriya | 0 | 1 | 0 | 1 | |
Xitoy | 0 | 1 | 0 | 1 | |
Paragvay | 0 | 1 | 0 | 1 | |
30 | Niderlandiya | 0 | 0 | 3 | 3 |
31 | Gana | 0 | 0 | 1 | 1 |
Chili | 0 | 0 | 1 | 1 | |
Germaniya birlashgan jamoasi | 0 | 0 | 1 | 1 | |
Germaniya | 0 | 0 | 1 | 1 | |
Janubiy Koreya | 0 | 0 | 1 | 1 | |
Jami | 32 | 32 | 33 | 97 |
Erkaklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrin | Mamlakat | Oltin | Kumush | Bronza | Jami |
---|---|---|---|---|---|
1 | Vengriya | 3 | 1 | 1 | 5 |
2 | GBR | 3 | 0 | 0 | 3 |
3 | Braziliya | 2 | 3 | 2 | 7 |
4 | Argentina | 2 | 2 | 0 | 4 |
5 | SSSR | 2 | 0 | 3 | 5 |
6 | Urugvay | 2 | 0 | 0 | 2 |
7 | YUG | 1 | 3 | 1 | 5 |
8 | Ispaniya | 1 | 3 | 0 | 4 |
9 | Polsha | 1 | 2 | 0 | 3 |
10 | GDR | 1 | 1 | 1 | 3 |
Nigeriya | 1 | 1 | 1 | 3 | |
12 | Chexoslovakiya | 1 | 1 | 0 | 2 |
Fransiya | 1 | 1 | 0 | 2 | |
14 | Shvetsiya | 1 | 0 | 2 | 3 |
Italiya | 1 | 0 | 2 | 3 | |
16 | Belgiya | 1 | 0 | 1 | 2 |
Meksika | 1 | 0 | 1 | 2 | |
18 | Kanada | 1 | 0 | 0 | 1 |
Kamerun | 1 | 0 | 0 | 1 | |
20 | Daniya | 0 | 3 | 1 | 4 |
21 | AQSh | 0 | 1 | 1 | 2 |
Bolgariya | 0 | 1 | 1 | 2 | |
23 | SUI | 0 | 1 | 0 | 1 |
Avstriya | 0 | 1 | 0 | 1 | |
Germaniya | 0 | 1 | 0 | 1 | |
Paragvay | 0 | 1 | 0 | 1 | |
27 | Niderlandiya | 0 | 0 | 3 | 3 |
28 | Norvegiya | 0 | 0 | 1 | 1 |
Yaponiya | 0 | 0 | 1 | 1 | |
Gana | 0 | 0 | 1 | 1 | |
Chili | 0 | 0 | 1 | 1 | |
Germaniya birlashgan jamoasi | 0 | 0 | 1 | 1 | |
Germaniya | 0 | 0 | 1 | 1 | |
Janubiy Koreya | 0 | 0 | 1 | 1 | |
Jami | 26 | 26 | 27 | 79 |
Ayollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrin | Mamlakat | Oltin | Kumush | Bronza | Jami |
---|---|---|---|---|---|
1 | AQSh | 4 | 1 | 1 | 6 |
2 | Germaniya | 1 | 0 | 3 | 4 |
3 | Kanada | 1 | 0 | 2 | 3 |
4 | Norvegiya | 1 | 0 | 1 | 2 |
5 | Braziliya | 0 | 2 | 0 | 2 |
6 | Xitoy | 0 | 1 | 0 | 1 |
Yaponiya | 0 | 1 | 0 | 1 | |
Shvetsiya | 0 | 2 | 0 | 2 | |
Jami | 7 | 7 | 7 | 21 |
Gol mualliflari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erkaklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrin | Oʻyinchi | Mamlakat | Gollar | Turnirlar |
---|---|---|---|---|
1. | Antal Dunai | Vengriya | 13 | 1968 (6), 1972 (7) |
1. | Sofus Nilsen | Daniya | 13 | 1908 (11), 1912 (2) |
3. | Ferens Bene | Vengriya | 12 | 1964 (12) |
4. | Domingo Taraskoni | Argentina | 11 | 1928 (11) |
Pedro Petrone | Urugvay | 11 | 1924 (7), 1928 (4) | |
6. | Kazimej Deyna | Polsha | 10 | 1972 (9), 1976 (1) |
Gotfrid Fuks | Germaniya | 10 | 1912 (10) | |
8. | Garold Uolden | Buyuk Britaniya | 9 | 1912 (9) |
Vilgelm Volfhagen | Daniya | 9 | 1908 (8), 1912 (1) | |
10. | Ektor Skarone | Urugvay | 8 | 1924 (5), 1928 (3) |
Ayollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrin | Oʻyinchilar | Mamlakat | Gollar | Turnirlar |
---|---|---|---|---|
1. | Kristina | Braziliya | 14 | 2004 (5), 2008 (5), 2012 (2), 2016 (2) |
1. | Birgit Prins | GBR Germaniya | 10 | 1996 (1), 2000 (3), 2004 (5), 2008 (1) |
3. | Pretinya | Braziliya | 8 | 1996 (4), 2000 (1), 2004 (3) |
4. | Marta | Braziliya | 6 | 2004 (3), 2008 (3) |
5. | Tiffeni Milbrett | AQSh | 5 | 1996 (2), 2000 (3) |
5. | Sun Ven | Xitoy | 5 | 1996 (1), 2000 (4) |
5. | Mia Hemm | AQSh | 5 | 1996 (1), 2000 (2), 2004 (2) |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Мохов Ю. Ф.. Футбол на Олимпиадах. Минск: Полымя, 1980.
Manba xatosi: <ref>
tags exist for a group named "note", but no corresponding <references group="note"/>
tag was found