Yokohama

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Yokohama, Iokogama —Yaponiyadagi shahar. Xonsyu orolda, Tokio qoʻltigʻi sohilida. Kanagava prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 3,3 mln. kishi (1995). Yokohama ga 1858 yilda asos solingan. 19-asr ning 70-yillarida yil Yaponiyaning eng katta portlaridan biri edi (mamlakat tashqi savdo aylanmasining 70%i). Shahar 1923 yilda zilzila va yongʻindan, 1945 y.da Amerika aviatsiyasi bombardimonidan katta zarar koʻrdi. Yokohama — mamlakatning yirik iqtisodiy markazi va port shahri, xalqaro ahamiyatga ega muhim transport yoʻllari tuguni. Elektrlashtirilgan temir yoʻl va kema qatnaydigan kanal orqali Tokio sh. bilan bogʻlangan. Yokohama porti yuklarni qabul qilish va joʻnatishda mamlakatda 2-oʻrinda (yillik yuk ortibtushirish 100 mln. t dan ziyod). Yokohama Tokio va Kavasaki sh.lari bilan birga Kanto industrial rayonini tashkil etadi. Shaharda yirik yapon banklari, monopolistik konsern va savdo firmalarining filiallari joylashgan. Kemasozlik, transport va elektroenergetika mashinasozligi, qora metallurgiya, neft-kimyo sanoati tarmoqlari rivojlangan. Atom sanoati korxonalari, harbiy zavodlar (jumladan, samolyotsozlik), ip va ipak gazlama f-kalari bor. Oyna-keramika buyumlari ishlab chiqariladi. Metropoliten bor. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil