Toronto

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Used book store Toronto March 2010.jpg (tavsif sahifasi)

TorontoKanadaning sharqiy qismidagi shahar. Ontario provinsiyasining maʼmuriy markazi. Axoliyey 2,4 mln. kishi (2001, shahar atrofi bilan 4,6 mln. kishi). Transport yoʻllari tuguni. Ontario koʻli sohilidagi port, okean kemalari ham kira oladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim savdosanoat, moliya va madaniy markazi. Katta T.da mamlakat sanoat mahsulotining 1/4 qismi ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat tarmoklari: umumiy mashinasozlik, metallsozlik, elektrotexnika, radio elektronika, poligrafiya, kimyo, texnikrezina. Shuningdek, farmatsevtika, koʻnpoyabzal, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlangan. Metropoliten qurilgan. 2 unt, Ontario qirollik muzeyi, badiiy galereya bor.

T. oʻrnida 17-asrda indeyslar qishlogʻi, 18d.da fransuzlarning savdo manzilgohi, keyinroq fort boʻlgan. 1793-yilda inglizlar kelib oʻrnashgan (1834-yilgacha Yorkdebatalgan). 1793—1841-yillarda inglizlar mustamlakasi Yuqori Kanadaning maʼmuriy markazi. 1837— 38 yillarda mustamlakachilarga qarshi kurash markazi boʻlgan.

Meʼmoriy yodgorliklaridan yogʻoch devorlar va York qalʼasi qoldiqlari, sud binosi va boshqa sakdangan. Zamonaviy binolardan 72 qavatli bino va bal. 553 m li teleminora kurilgan.


Kanadaning Toronto shahrida har yili sentyabr oyida kitob sayli bo'lib o'tadi. Unda maxsus bir ko'cha kitoblar bilan to'ldiriladi va istagan inson bu yerdano'ziga kerakli kitobni olishi mumkin!



oronto - ON - Toronto Harbourfront7.jpg (tavsif sahifasi)