Manchester

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Manchester — Buyuk Britaniyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Katta M. ko-nurbatsiyasining bosh shaxri va metropoliten grafligining maʼmuriy markazi. Aholisi 430 ming kishidan ziyod (shahar atrofi bilan 2,6 mln. kishi). Transport yoʻllari tuguni. Eruell daryosi va Manchester kanalidagi yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 10 mln. t dan ortiq). Mamlakatning mu-him sanoat va madaniy markazi. Sano-atining yetakchi tarmogʻi — mashinasozlik (jumladan, elektrotexnika). Kimyo (boʻyoqlar ishlab chiqarish), toʻqimachilik, tikuvchilik, qogʻoz, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Viktoriya unti (1903), shahar muzeyi, badiiy galereya, Fri-Treydxoll konsert zali bor. Shaharga 10-asrda rimliklar qishlogʻi oʻrnida asos solingan. Oʻrta asrlarda savdo va hunarmandchilik shaxri boʻlgan. 19-asrda M. ip gazlama sanoatining dunyoda yirik markaziga aylandi. Meʼmoriy yodgorliklardan gotika so-bori (15—16-asrlar) ratusha, birja binosi (19-asr) saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil