Tennis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tennis matchi.

Tennis ikki kishi yoki ikki kishilik ikki guruh orasida oʻynaladigan sport oʻyinidir. Oʻyinchilari toʻrli raketka bilan rezina toʻpchani raqibining maydoniga urib tushirishlari kerak. XIX asr oxirida Yevropada paydo boʻlgan bu oʻyintezda dunyoga tarqaldi. Millionlar oʻyini boʻlmish tennis Olimpiya Oʻyinlari qatoriga kiritilgan."Qirollar o`yini" hisoblanadi. Tennisni muntazam o`ynash ko`z uchun doimo foydali hisoblanadi. Shuning uchun Evropada uni boy va mansabdorlar sevib o`ynashadi.

Tennis, launtennis (ing , lawn — oʻtloq, maysazor; "tennis" terminining kelib chiqishi toʻgʻrisida bir necha taxmin bor: frans. tenez — mana, ol; ing . tens — oʻnlik, chunki oʻrta asrlarda tennisga oʻxshash oʻyinni besh kishidan, jami oʻn kishi oʻynagan; ing . tenia — rishta; toʻpni tortilgan ipdan oshirib oʻynalgani uchun) — sport turi, movut qoplangan rezina koptok raketka yordamida urilib kortsa. oʻynaladi. Koptokning diametri 6,35—6,67 sm, ogʻirligi 56,7g . Yogʻoch, yengil metall yoki plastmassadan har xil oʻlchamda tayyorlangan raketkalar ogʻirligi 255—400 g . Oʻyin kortning orqa chizigʻidan raqibning toʻrga yaqin maydonchasiga koptokni xatosiz uzatish bilan boshlanadi. Koptok maydonga tegib sakragandan keyin raqib uni qaytaradi (oʻyin davomida xam koptokni ikkinchi sakragandan keyin olishga ruxsat etilmaydi, faqat ikkinchi zarbadan boshlab koptokni kortga tushirmasdan ham qaytarish mumkin). Geymda hisob 15:0,30:0,40:0 va h.k. tarzda yuritiladi, agar 40:40 hisobi — "teng" qayd etilsa, keyingi ochkoni yutgan "koʻp", yutqizgan "kam" boʻladi. "Koʻp"dan keyin ochkoni yutgan geymni ham yutadi. Setda olti geym (6,0...6:4) yutish lozim, bordiyu hisob 6:5 boʻlsa, oʻyin davom ettiriladi. 12 geymdan keyin hisob 7:5 boʻlsa, gʻolib aniklanadi. Agar 6:6 hisobi qayd etilsa, "taybreyk" oʻynaladi. "Taybreyk"da gʻolib chiqish uchun 7 ochko toʻplash zarur, agar hisob 7:6 boʻlib qolsa, oʻyin qaysidir tomonning ikki ochko oʻzib ketishigacha davom etadi. Erkaklar oʻyinida eng koʻp setlar miqdori — 5, ayollarda —3 ta. T. musobaqalari yakkalik, juftlik va aralash (bir erkak va bir ayol) tarzida tashkil qilinadi.

T.ga oʻxshash oʻyinlar dastlab Misrning Tinis (Tanis) shahrida paydo boʻlgan degan taxmin ham mavjud. Bu oʻyin 13— 14-a.larda Italiya, Fransiya, Angliyada ommalashdi. Fransiyada rohiblar 5 tadan boʻlib kaftlarida T.ga oʻxshash oʻyin oʻynashgan. 16-a.dan boshlab oʻyinda dastlabki raketkalar qoʻllanildi. Zamonaviy T. qoidalarini angliyalik Volter Uingfild ishlab chiqqan (1874). Shu qoidalar asosida "Uimbldon" turniri (Angliya) 1877 yildan, AQSH ochiq chempionata 1881 yildan, "Rollan Garros" turniri (Fransiya) 1891 yildan, Avstraliya ochiq chempionata 1905 yildan oʻtkazilib kelinadi (hozirgi kunda bu musobaqalar "Ulkan toj" musobakdlari deyiladi).

T. 1896 y. Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. Amerikalik Duayt Filli Devis tashabbusi bilan 1900 yildan jamoalar oʻrtasida norasmiy jahon chempionati hisoblanmish Devis kubogi oʻtkaziladi. 1912 y. xalqaro launtennis federatsiyasi (ILTF)ra asos solindi (1977 yilda Xalqaro tennis federatsiyasi — ITF deb oʻzgartirildi). 1965 yilda Xalkaro professional tennischilar assotsiatsiyasi (1ART) tuzildi, U 1972 yilda Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATR)ga aylantirildi. ATR har yili 4 toifaga boʻlingan 77 ta musobaqa oʻtkazadi. 1963 yilda Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) tashkil qilindi. Hozirgi kunda WTA 54 ta musobaqa tashkilotchisidir (2004). T. AQSH, Avstraliya, Argentina, Buyuk Britaniya, Germaniya, JAR, Ispaniya, Fransiya kabi davlatlarda yaxshi rivojlangan. Byorn Borg (Shvetsiya), Jon Makinroy (AQSH), Ivan Lendl (Chexiya), Boris Bekker (Germaniya), Pit Samprass (AQSH), Martina Navratilova (AQSH), Shteffi Graf (Germaniya), Martina Xingis (Shveysariya) kabi T. ustalarining nomi mashhur.

Oʻzbekistonda T.ga oʻxshash oʻyinlar qadimdan oʻynalgan. Xususan, "bir tayoq" xalq oʻyinida T. ga xos jihatlar mavjud. Zamonaviy T. Oʻzbekistonga 20-a.ning boshlarida kirib keldi. Mamlakat mikesidagi musobaqalarda V. Pushkarev, Sh. Chebatarev, S. Obidov, R. Yalalova kabi tennischilar muvaffaqiyatli qatnashib, sport ustasi talabini bajarishdi. Respublikamizda T. 20-a.ning soʻngga oʻn yilligidan boshlab keskin rivojlandi. Mustaqillikka erishgan Oʻzbekistonning deyarli hamma shaharlarida zamonaviy T. kortlari bunyod etildi. Toshkent, Fargʻona, Samarkand, Namangan, Andijon sh. laridagi bu sport inshootlarida tennischilar va T. muxlislari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. 1992 yilda Oʻzbekiston federatsiyasi tuzildi va oʻsha yili 1TGʻ aʼzoligiga qabul qilindi. 1994 yildan Oʻzbekiston Devis kubogi musobaqalariga kushildi, tennischilarimiz Osiyo oʻyinlari, qitʼa chempionatlari, olimpiada va boshqa xalqaro musobaqalarda ishtirok eta boshladilar. Toshkentda professional tennischilar oʻrtasida "Prezident kubogi" xalqaro musobaqasining oʻtkazilishi (1994 yildan) Oʻzbekistonda bu sport turining yuksalish davrini boshlab berdi. Keyinroq bu musobaqa ATR tur doirasiga kiritildi va jahonning eng kuchli tennischilari Oʻzbekiston poytaxtiga tashrif buyurishdi. 1996 yilda Toshkentda ayollar oʻrtasida Chellenjer musobaqalariga asos solindi va u WTA turkumidagi musobaqalar orasidan joy oldi. Viloyat markazlarida ham Fyuchers, Chellenjer musobaqalari oʻtkazila boshlandi. 1997 yildan rahbar havaskor tennischilar oʻrtasida "Havas" musobaqalarining boshlanishi T.ning yanada ommalashuvida muxim rol oʻynadi. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasidatennisni rivojlantirishni qoʻllabquvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida" (1997 y. 25 avg .) va "Oʻzbekiston Respublikasida tennisni yanada rivojlantirish choratadbirlari toʻgʻrisida"gi (1998 y. 11 sent.) karorlari T.ning taraqqiyotiga qulay shartsharoit yaratdi. 1998 y. 20 martdan "TennisQ" gazetasi chiqarila boshlandi. 2001 yildan Devis kubogi tartibi boʻyicha viloyat jamoalari oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi musobaqalari oʻtkazilyapti. Mamlakatning barcha viloyatlarida respublika T. federatsiyasining boʻlimlari bor. 47 ta T. klubi, T.ga ixtisoslashgan 76 ta bolalaroʻsmirlar sport maktablari faoliyat koʻrsatyapti. Oʻzbekistonda 15 mingdan ziyod kishi T. bilan shugʻullanadi, ularga 241 murabbiy saboq beradi (2004). I. Toʻlaganova, V. Kutsenko, O. Ogorodov, I. Isroilova, O. Omonmurodova Osiyo oʻyinlari, qitʼa chempionati, universiada, xalqaro musobaqalarda gʻolibsovrindor boʻlishdi. Bu tennischilarning gʻalabasida V. Pushkarev, A. Yolxin, F. Sultonbekov, H. Shafikrv kabi murabbiylarning hissasi bor.

Adabiyot[tahrir]

  • Mustafin R., Sultonbekov F., Tennis, T., 1993; Yanchuk V., Yakovenko V., Bolshoy mir bolshogo tennisa, T., 1998; Jumayev K., Moʻminov A., Yunusobod tennis klubi, T., 1999.

"Tennis" atamasi fransuzcha tenez (oʻzb. "ushla") soʻzidan kelib chiqqan.

Shuningdek[tahrir]