Litva milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lithuania
Shirt badge/Association crest
Tahallusi Rinktine (Milliy jamoa)
Assotsiatsiya Litva Futbol Federatsiyasi
(LFF)
Konfederatsiya UEFA (Yevropa)
Bosh murabbiy Reinhold Breu (2022)[1]
Sardor Ernestas Šetkus
Eng koʻp oʻynagan futbolchi Saulius Mikoliūnas (101)
Eng yaxshi toʻpurar Tomas Danilevičius (19)
Uy stadioni Darius and Girėnas Stadium
forma
Birinchi forma

Litva milliy futbol jamoasi (litvacha: Lietuvos nacionalinė futbolo rinktinė) Litva sharafini xalqaro futbolda himoya qiladi. Litva futbol boʻyicha boshqaruv organi Litva Futbol Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Ular birinchi oʻyinini 1923-yilda oʻtkazdi. 1940-yilda Litva Sovet Ittifoqi tomonidan ishgʻol qilindi. Mamlakat 1990-yilda mustaqillikka erishdi va shundan soʻng birinchi oʻyinini oʻsha yilning 27 may kuni Gruziyaga qarshi oʻtkazdi.

Litva hech qachon FIFA Jahon chempionati va UEFA Yevropa chempionatiga yoʻllanma olmagan. Terma jamoa Boltiqboʻyi raqiblari Latviya va Estoniya oʻrtasida har ikki yilda bir marta oʻtkaziladigan mintaqaviy Boltiqboʻyi kubogi turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Litva Boltiqboʻyi kubogi chempionligini 11 marta qoʻlga kiritgan, faqat Latviya undan koʻp gʻalaba qozongan. Shunga qaramay, Litva 1996-yildan 2000-yilgacha ketma-ket toʻrt marta Boltiqboʻyi kubogi chempionligini qoʻlga kiritish boʻyicha rekordchi hisoblanadi[2][3].

2012-yildan beri milliy terma jamoa oʻz uy uchrashuvlarini Vilnusdagi LFF stadionida oʻtkazmoqda.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1923-yil 24-iyunda Litva oʻzining birinchi oʻyinini Lietuvos Fizinio Lavinimimosi Sąjunga Stadionasda Estoniyaga qarshi oʻtkazdi. Estoniyaga qarshi oʻyinda 5:0 hisobida magʻlub boʻldi. 1924-yilda Litva Fransiyada boʻlib oʻtgan 1924-yilgu Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdi. 1924-yil 25-mayda Shveysariyaga qarshi oʻyinda 9:0 hisobida magʻlub boʻldi.

Litvaning 1990-yilda mustaqillik eʼlon qilinganidan keyingi birinchi o‘yini 1990-yil 27-may kuni Tbilisida Gruziyaga qarshi oʻyin boʻldi. Natija 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 1990-yillarda Litva jahon chempionati va Yevropa chempionati saralash bosqichida munosib ishtirok etdi. Yevro-1996 va JCh-1998 saralashida ham yutqazdi.

Murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lavozim[4] Ism
Vaqtincha murabbiy Germaniya Reinhold Breu
Yordamchi murabbiy Litva Andrius Velička
Yordamchi murabbiy Germaniya Mario Tanzer
Fitness murabbiyi Litva Georgas Freidgeimas
Darvozabonlar murabbiyi Litva Audrius Ramonas
Tahlilchi Litva Rokas Pranaitis

Futbolchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Rinktinės vairą iki metų pabaigos perima R. Breu“. 2022-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-dekabr.
  2. „International football MATCH: 27.05.1990 Georgia v Lithuania“. eufootball.info. Qaraldi: 2019-yil 26-may.
  3. „International football MATCH: 13.10.1940 Lithuania v Latvia*“. eufootball.info. Qaraldi: 2019-yil 27-may.
  4. |title=Įvyko LFF Vykdomojo komiteto posėdis |url=https://www.respublika.lt/lt/naujienos/sportas/futbolas/ivyko-lff-vykdomojo-komiteto-posedis/ |ac -sana=8-oktabr 2022-yil |ish=Respublika |sana=17-avgust 2022-yil |til=lt}}

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]