Mayami

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Miamidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Mayami — AQShning jan.sharqiy qismidagi shahar, Florida shtatida, Atlantika okeani sohilida. Aholisi 362,4 ming kishi (2000, shahar atrofi bilan 2 mln. kishi). Dengiz porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatda eng yirik yuk aeroporti bor. Kruiz kemachiligi markazi. Yil davomida ishlab turadigan iq,tim kurorti. Muhim savdomoliya markazi. Mashinasozlik, radioelektrotexnika, aviasozlik, poligrafiya, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Zargarlik buyumlari, tibbiyot jixozlari ishlab chiqariladi. Un-tlar, opera teatri, badiy muzey, okeanarium, botanika bogʻi bor. Biskeyn-Bsy qoʻltigidagi koʻpriklar orqali Mayami-Bich shaharchasi bilan bogʻlangan. Sohil boʻylab mehmonxona, sanatoriy, motellar joylashgan. Shaharga 1895 yilda asos solingan. Turizm rivojlangan (har yili 5 mln. chamasida turist kelib-ketadi).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil