Antverpen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Antverpen – Belgiyaning shimolidagi shahar; Antverpen provinsiyasining ma’muriy markazi, kema qatnaydigan Shelda daryosi va Albert kanali bo‘yida, Shimoliy dengiz qirgog‘idan 90 km ichkarida. Dunyodagi eng katta portlardan biri (yuk oboroti 80 mln. t.dan ziyod). Muhim savdo, moliya va sanoat markazi, 544aholisining soni jihatdan Bryusseldan keyin 2-o‘rinda. Aholisi 468 ming kishi (1991, shahar atrofi bilan 920 ming kishi). 16-asr 2-yarmida ahamiyati jihatidan Yev-ropada 1-o‘rindagi savdo va kredit mar-kazi bo‘lgan. Xo‘jaligida tashqi savdo va moliya aloqalari katta rol o‘ynaydi. A. xalqaro dengiz, havo va temir yoʻl aloqalari tuguni ichki suv yo‘llari orqali Kampin kumir xavzasi, Lej, Rent va Bryussel shaharlari bilan bog‘langan. Rangli metal-lurgiya, mashinasozlik (jumladan, ke-masozlik), harbiy, kimyo (mineral o‘g‘it, bo‘yoq), oziq-ovqat, to‘qimachilik (ayniqsa ipgazlama ishlab chiqarish), neftni qayta ishlash sa-noati tarmoqlari rivojlangan. Olmosga sayqal berish va brilliant savdosining jahon markazi. Shaharda VII Olimpiada o‘yinlari o‘tgan (1920). A. yaqinida GES ishlab turipti. Universitet, konservatoriya, muzeylar (jumladan, Qirollik nafis san’at muzeyi, 1810 yil). P. P. Rubens Uy-muzeyi va boshqa bor. A. yilnomalarda dast-lab 7-asrdan tilga olingan. 14 – 18-asrlar me’-moriy yodgorliklari saqlangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil