Kontent qismiga oʻtish

Kamerun milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kamerun
Tahallusi Les Lions Indomptables
(Shiddatli sherlar)
Assotsiatsiya Kamerun Futbol Federatsiyasi
Konfederatsiya CAF (Afrika)
Sub-konfederatsiya UNIFFAC
(Markaziy Afrika)
Bosh murabbiy Volker Finke
Sardor Samuel Eto'o
Eng koʻp oʻynagan futbolchi Rigobert Song (137)
Eng yaxshi toʻpurar Samuel Eto'o (56)
Uy stadioni Stade Ahmadou Ahidjo
FIFA kodi CMR
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma
forma
Uchinchi forma
FIFA reytingi
Hozirgi 56 (-6)
Eng yuqori 11 (Noyabr 2006)
Eng past 79 (Fevral 2013)
Birinchi xalqaro oʻyin
 Belgiya Kongosi 3–2 Fransuz Kameruni  FRA
(Belgiya Kongosi; Sentabr 1956)
Eng yirik gʻalaba
Kamerun bayrogʻi Kamerun 9–0 Chad 
(Kongo DR; Aprel 1965)
Eng yirik magʻlubiyat
 Norvegiya 6–1 Kamerun  CMR
(Oslo, Norvegiya; 31-oktabr 1990)
 Rossiya 6–1 Kamerun  CMR
(Palo-Alto, AQSh; 28-iyun 1994)
 Kosta Rika 5–0 Kamerun  CMR
(San-Xose, Kosta Rika; 9-mart 1997)
Jahon chempionati
Ishtiroki 7 (Ilk marta 1982-yili)
Eng yaxshi natijasi Chorak final 1990
Afrika millatlar kubogi
Ishtiroki 16 (Ilk marta 1970-yili)
Eng yaxshi natijasi Gʻolib 1984, 1988,
2000, 2002
Konfederatsiyalar kubogi
Ishtiroki 2 (Ilk marta 2001-yili)
Eng yaxshi natijasi 2-oʻrin 2003

Kamerun milliy futbol terma jamoasi laqabi fransuzcha: Les Lions Indomptables (Shiddatli sherlar) deb nomlangan, Kamerun davlatining milliy futbol terma jamoasi, xalqaro futbol musobaqalarda oʻsha davlat shonini himoya qiladi. Fédération Camerounaise de Football tomonidan boshqariladi va 7 marta jahon chempionatlarida ishtirok etgan (1982, 1990, 1994, 1998, 2002, 2010 va 2014-yilgi chempionatlar), bunday natijaga boshqa hech qaysi Afrika davlati erishmagan. Ular 1990yilgi jahon chempionati chorak finaliga chiqqan ilk Afrika davlatiga aylandi, oʻshanda Kamerun qoʻshimcha taymda Angliya terma jamoasiga magʻlub boʻlgan edi. Shuningdek, ular 4 marta CAF Afrika millatlar kubogi sohibi ham boʻlishgan.

Ilk uchrashuvlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kamerun ilk rasmiy uchrashuvida 1956-yili Kongo DR terma jamoasi bilan oʻynagan va oʻshanda 3-2 hisobida yuqazgan edi. Kamerun ilk bora 1970-yili CAF Afrika millatlar kubogi musobaqasiga chiqqan, biroq birinchi rounddan magʻlub boʻlgan edi. Oradan ikki yil oʻtib, Kamerun qitʼa chempionatiga mezbonlik qiladi va oʻshanda Shiddatli sherlar 3-oʻrinni olgan edi. Ular keyingi 10 yil ichida biror bir musobaqalarga yoʻllanma ololmadi.

Jahon chempionatidagi koʻrsatkichlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
FIFA Jahon chempionati rekordi
Yil Round Pozitsiya Oʻ Gʻ D M KG OʻG
 URU 1930 to
 CHI 1962
Ishtirok etmagan
 ENG 1966 Chiqqan
 MEX 1970 to
 ARG 1978
Ishtirok etmagan
 ESP 1982 Guruh bosqichi 17 3 0 3 0 1 1
 MEX 1986 Chiqmagan
 ITA 1990 Chorak final 7 5 3 0 2 7 9
 USA 1994 Guruh bosqichi 22 3 0 1 2 3 11
 FRA 1998 25 3 0 2 1 2 5
 KOR  JPN 2002 20 3 1 1 1 2 3
 GER 2006 Chiqmagan
 RSA 2010 Guruh bosqichi 31 3 0 0 3 2 5
 BRA 2014 Guruh bosqichi 32 3 0 0 3 1 9
 RUS 2018 Aniqlanmagan
 QAT 2022
Umumiy Chorak final 7/20 23 4 7 12 18 43

Hozirgi tarkib

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi 23 futbolchi FIFA Jahon chempionati 2014 musobaqasida qatnashgan.[1]
Oʻyinchilar ishtiroki soni va gollar soni 2014-yil 23-iyunda Braziliya bilan kechgan uchrashuvdan keyin hisoblangan.

№ Poz. Futbolchi Tugʻilgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
1 1DR Loïc Feudjou 1992-yil 14-aprel (1992-04-14) (34 yosh) 2 0 Kamerun Coton Sport
16 1DR Charles Itandje 1982-yil 2-noyabr (1982-11-02) (43 yosh) 12 0 Gretsiya PAOK
23 1DR Sammy N'Djock 1990-yil 25-fevral (1990-02-25) (36 yosh) 3 0 Turkiya Fethiyespor

2 2HM Benoît Assou-Ekotto 1984-yil 24-mart (1984-03-24) (42 yosh) 24 0 Angliya Queens Park Rangers
3 2HM Nicolas N'Koulou (Sardor yordamchisi) 1990-yil 27-mart (1990-03-27) (36 yosh) 51 0 Fransiya Marseille
4 2HM Cédric Djeugoué 1992-yil 28-avgust (1992-08-28) (34 yosh) 4 0 Kamerun Coton Sport
5 2HM Dany Nounkeu 1986-yil 11-aprel (1986-04-11) (40 yosh) 18 0 Turkiya Beşiktaş
12 2HM Henri Bedimo 1984-yil 4-iyun (1984-06-04) (42 yosh) 32 0 Fransiya Lyon
14 2HM Aurélien Chedjou 1985-yil 20-iyun (1985-06-20) (41 yosh) 33 1 Turkiya Galatasaray
22 2HM Allan Nyom 1988-yil 10-may (1988-05-10) (38 yosh) 11 0 Ispaniya Granada

6 3YH Alex Song 1987-yil 9-sentyabr (1987-09-09) (39 yosh) 49 0 Ispaniya Barcelona
7 3YH Landry N'Guémo 1985-yil 28-noyabr (1985-11-28) (40 yosh) 41 3 Fransiya Bordeaux
11 3YH Jean Makoun 1983-yil 29-may (1983-05-29) (43 yosh) 67 5 Fransiya Rennes
17 3YH Stéphane Mbia 1986-yil 20-may (1986-05-20) (40 yosh) 52 3 Angliya Queens Park Rangers
18 3YH Eyong Enoh 1986-yil 23-mart (1986-03-23) (40 yosh) 41 2 Turkiya Antalyaspor
20 3YH Edgar Salli 1992-yil 17-avgust (1992-08-17) (34 yosh) 11 1 Fransiya Lens
21 3YH Joël Matip 1991-yil 8-avgust (1991-08-08) (35 yosh) 25 1 Germaniya Schalke 04

8 4HJ Benjamin Moukandjo 1988-yil 12-noyabr (1988-11-12) (37 yosh) 20 2 Fransiya Nancy
9 4HJ Samuel Eto'o (Sardor) 1981-yil 10-mart (1981-03-10) (45 yosh) 118 56 Biriktirilmagan
10 4HJ Vincent Aboubakar 1992-yil 22-yanvar (1992-01-22) (34 yosh) 26 2 Fransiya Lorient
13 4HJ Maxim Choupo-Moting 1989-yil 23-mart (1989-03-23) (37 yosh) 29 12 Germaniya Schalke 04
15 4HJ Pierre Webó 1982-yil 20-yanvar (1982-01-20) (44 yosh) 59 18 Turkiya Fenerbahçe
19 4HJ Fabrice Olinga 1996-yil 12-may (1996-05-12) (30 yosh) 8 1 Belgiya Zulte Waregem

Oldingi bosh murabbiylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. ↑ Idrissou misses out for Cameroon, 2014-06-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-07-06