Okeaniya Futbol Konfederatsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Okeaniya Futbol Konfederatsiyasi
Turi Futbol
Ishga tushgan sanasi 1966-yil 56 yil oldin
Joylashuvi Oklend Yangi Zelandiya
Hududiy hizmati Okeaniya
Asoschi(lar)i 13 ta assotsiatsiya
Prezidenti

Lambert Maltock

Bosh kotib Franck Castillo
Aʼzolari FIFA
Vebsayti oceaniafootball.com
Til(lar)i Ingliz tili

Okeaniya Futbol Konfederatsiyasi (OFC) xalqaro futbol assotsiatsiyasining oltita qitʼa konfederatsiyasidan biridir. OFC 13 ta aʼzodan iborat boʻlib, ulardan 11 tasi toʻliq aʼzolar va ikkitasi FIFAga aloqador boʻlmagan assotsiatsiyalangan aʼzolardir. Konfederatsiya Okeaniyada oʻyinni targʻib qiladi va aʼzo davlatlarga FIFA Jahon chempionatiga chiqish imkonini beradi.

OFC asosan orol davlatlaridan iborat boʻlib, ularda futbol eng ommabop sport turi hisoblanmaydi. Yalpi ichki mahsulotning pastligi va aholining kamligi OFC davlatlari tomonidan juda kam pul aylanmasi buning asosiy sabablardan biri. OFC keng futbol olamiga xalqaro raqobat nuqtai nazaridan ham, nufuzli klub musobaqalari uchun oʻyinchilar manbai sifatida ham unchalik taʼsir qilmaydi. OFC bir marta ham xalqaro unvonga ega boʻlmagan yagona konfederatsiya boʻlib, eng yaxshi natija Avstraliyaning 1997-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi finaliga chiqishi edi.

2006-yilda OFCning eng yirik va eng muvaffaqiyatli davlati Avstraliya Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga qoʻshildi va ushbu voqeadan keyin Yangi Zelandiya OFC tarkibidagi eng yirik federatsiyaga aylandi.

2018-yilning aprelidan OFC prezidenti Lambert Maltock hisoblanadi. Vitse-prezidentlar Thierry Ariiotima, Kapi Natto John va Lord Veʼehala, Franck Castillo esa Bosh kotibdir[1]. Konfederatsiya shtab-kvartirasi Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida joylashgan.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konfederatsiya 1966-yilda Avstraliya va Yangi Zelandiyaning Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga (OFK) qoʻshilishga boʻlgan muvaffaqiyatsiz urinishlari natijasida tashkil topgan. Taʼsischilar OFC aʼzolari quyidagilar edi:[2]

  • Avstraliya Futbol Federatsiyasi
  • Yangi Zelandiya futbol assotsiatsiyasi
  • Fidji futbol assotsiatsiyasi
  • Papua-Yangi Gvineya futbol assotsiatsiyasi

Avstraliya yana OFKga aʼzo boʻlish uchun 1972-yilda OFC aʼzoligidan chiqdi, lekin 1978-yilda yana OFCga qoʻshildi[3][4]. Ularning erkaklar terma jamoasi 1974-yilda FIFA Jahon chempionatida Chili, Sharqiy Germaniya va G'arbiy Germaniya bilan bir guruhdan joy oldi. Avstraliya FIFA jahon chempionatida ishtirok etgan birinchi Okeaniya davlati boʻldi. Ular gol ura olmadilar, ammo uchta oʻyinda ham raqobatbardosh boʻlishdi[5]. Yangi Zelandiya milliy jamoasi „Oqlar“ sakkiz yildan soʻng birinchi jahon chempionatida ishtirok etishdi. 1982-yilgi turnirda ular Avstraliyadan koʻra muvaffaqiyatsiz natija qayd etdi[6].

Xitoy Taypeyi 1975-yildan 1989-yilgacha OFC aʼzosi boʻlgan. 1996-yilda FIFA OFCni toʻliq konfederatsiya sifatida tasdiqladi va FIFA uning tarkibiga ijrochi direktori lavozimini berdi[7]. 1998-yilda OFC yangi logotip va The Wave nomli rasmiy jurnalni taqdim etdi. Bu davrda Avstraliya esa konfederatsiyalararo jahon chempionatining bir necha pley-off oʻyinlarida magʻlub boʻldi. Dastlab 1985-yilda Shotlandiyaga, keyin 1993-yilda Argentinaga va 1997-yilda Eronga[8].

2008-yilda Shimoliy Mariana orollari futbol assotsiatsiyasining assosiativ aʼzosi ham OFCni tark etdi va 2009-yilda OFKga assotsiatsiyalangan aʼzo sifatida qoʻshildi. 2009-yil oxirida, geografik jihatdan Okeaniyaning bir qismi boʻlgan, lekin OFC bilan rasmiy aloqasi boʻlmagan Palau futbol assotsiatsiyasi ham Shimoliy Mariana orollari assotsiatsiyasi bilan bir xil maqomga ega boʻlish uchun OFKga murojaat qildi, ammo rad javobini oldi[9]. Yangi Zelandiya 2009-yilda Bahraynni mag‘lub etib, 2010-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Musobaqada OFK vakili boʻlgan Avstraliya ham ishtirok etdi[10]. Yangi Zelandiya guruh bosqichidan oʻta olmaganiga qaramay, turnirda magʻlub boʻlmagan yagona jamoa boʻldi. Avstraliya yoʻqligi sababli, Yangi Zelandiya Jahon chempionatining konfederatsiyalararo pley-off bosqichida muntazam ishtirok eta boshladi. Ular 2013-yilda Meksikaga, 2017-yilda esa Peruga imkoniyatni boy bergandi[11].

Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]

OFCning butun tarixi davomida OFCni tarqatib yuborish yoki Osiyo Futbol Konfederatsiyasi bilan birlashtirishga chaqiriqlari boʻlgan. 2003-yilda FIFA Okeaniyaga Jahon chempionatida avtomatik ravishda qatnashish huquqini berish qarorini bekor qilgandan soʻng, tanqidlar yanada kuchaydi[12].

Prezidentlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi rahbarlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ism-sharif Lavozim
Vanuatu bayrogʻi Vanuatu Lambert Maltock Prezident
Fransuz Polineziyasi Thierry Ariiotima Vitse prezident
Papua Yangi-Gvineya Kapi Natto John Vitse prezident
Tonga Lord Ve'ehala Vitse prezident
Fransiya Franck Castillo Bosh kotib

Manba:[13][14]

Aʼzo davlatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi aʼzolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

OFC 11 ta toʻliq aʼzo assotsiatsiyalar va 2 ta notoʻliq assotsiatsiya aʼzolaridan iborat. Ikkita aʼzo OFCning assotsiatsiyalangan aʼzolari hisoblanadi, ammo FIFA aʼzolari emas[15].

FIFA kodi Assotsiatsiya Milliy jamoalar Tashkil etilgan Aʼzolik FIFAga
aʼzoligi
OFCga
aʼzoligi
Xalqaro olimpiada qoʻmitasiga aʼzoligi
ASA  Amerika Samoasi (M, W) 1984 Toʻliq aʼzo 1998 1998 Ha
COK  Kuk orollari (M, W) 1971 Toʻliq aʼzo 1994 1994 Ha
FIJ  Fiji (M, W) 1938 Toʻliq aʼzo 1964 1966 Ha
KIR Kiribati bayrogʻi Kiribati (M, W) 1980 Toʻliq aʼzo emas N/A 2007 Ha
NCL Yangi Kaledoniya (M, W) 1928 Toʻliq aʼzo 2004 1999 yoʻq
NZL  Yangi Zelandiya (M, W) 1891 Toʻliq aʼzo 1948 1966 Ha
PNG  Papua Yangi Gvineya (M, W) 1962 Toʻliq aʼzo 1966 1966 Ha
SAM Samoa bayrogʻi Samoa (M, W) 1968 Toʻliq aʼzo 1986 1986 Ha
SOL  Solomon orollari (M, W) 1979 Toʻliq aʼzo 1988 1988 Ha
TAH  Taiti (M, W) 1989 Toʻliq aʼzo 1990 1990 yoʻq
TGA  Tonga (M, W) 1965 Toʻliq aʼzo 1994 1994 Ha
TUV  Tuvalu (M, W) 1979 Toʻliq aʼzo emas N/A 2006 Ha
VAN Vanuatu bayrogʻi Vanuatu (M, W) 1934 Toʻliq aʼzo 1988 1988 Ha

Sobiq aʼzolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Assotsiatsiya Aʼzolik Yil
 Avstraliya Toʻiq aʼzo 1966-1972, 1978-2006[16]
 Xitoy Taypeyi Toʻiq aʼzo 1976-1978, 1982-1989
Niue Toʻliq aʼzo emas 2006-2021[17]
Shimoliy Mariana Orollari bayrogʻi Shimoliy Mariana Orollari Toʻliq aʼzo emas 1998-2009

Tarixiy liderlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erkaklar
Yangi Zelandiya milliy futbol terma jamoasiYangi Kaledoniya milliy futbol terma jamoasiFiji milliy futbol terma jamoasiYangi Zelandiya milliy futbol terma jamoasi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Oceania Football Confederation – OFC Home“. Oceania Football Confederation. Qaraldi: 2-fevral 2022-yil.
  2. A Dictionary of Sports Studies (en). ISBN 019921381X. 
  3. OFC History oceaniafootball.com
  4. „Oceania admit Taiwan and Aussies quit“. The Straits Times (1-mart 1976-yil).
  5. „Soccer: Australia upbeat despite loss to Brazil“. New Zealand Herald.
  6. „All Whites' results“. nzhistory.govt.nz.
  7. „FIFA Congress“. FIFA. 1-iyul 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-mart 2017-yil.
  8. „World Cup play-offs to be one-off ties“ (19-noyabr 2021-yil).
  9. „Regarding the agenda/ decisions of the 29th EAFF Executive Committee Meeting“. 7-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-mart 2012-yil.
  10. „Beautiful outcomes at ugly Cup“. Stuff (30-dekabr 2010-yil).
  11. Lutz, Tom „World Cup play-off: New Zealand v Mexico – as it happened“ (20-noyabr 2013-yil).
  12. Hall, Matthew „Australia – World Cup is a long way away“. When Saturday Comes.
  13. „Football Confederations - OFC“ (en-GB). FIFA. 21-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-yanvar 2021-yil.
  14. „Executive Committee“ (en-US). Oceania Football Confederation. Qaraldi: 31-yanvar 2021-yil.
  15. „Member Associations“. Oceania Football Confederation. 3-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  16. „Oceania Football Confederation – Content“. Oceania Football Confederation (6-oktabr 2009-yil). 3-mart 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-mart 2017-yil.
  17. „Niue removed as associate member of Oceania Football“. Radio NZ International (6-mart 2021-yil).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]