Falastin milliy futbol terma jamoasi
![]() | |||
Tahallusi |
| ||
---|---|---|---|
Assotsiatsiya | Falastin Futbol Assotsiatsiya | ||
Konfederatsiya | AFC (OSIYO) | ||
Sub-konfederatsiya | WAFF (Gʻarbiy Osiyo) | ||
Bosh murabbiy |
![]() | ||
Sardor | Abdelatif Bahdari | ||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Abdelatif Bahdari (82) | ||
Eng yaxshi toʻpurar |
Fahed Attal Ashraf Nu'man (14) | ||
Uy stadioni | Faysal al-Husayniy nomidagi xalqaro stadion | ||
| |||
FIFA Reytingi | |||
Hozirgi | 94 — Avgust 2022, | ||
Eng yuqori | 73 (Fevral-Mart 2018,) | ||
Eng past | 191 (Aprel-Avgust 1999,) | ||
Birinchi xalqaro oʻyin | |||
![]() ![]() (Aleksandriya, Misr; 1 Avgust 1953)[1] | |||
Eng yirik gʻalaba | |||
![]() ![]() (Dakka, Bangladesh; 1 Aprel 2006) | |||
Eng yirik magʻlubiyat | |||
![]() ![]() (Aleksandriya, Misr; 1 Avgust 1953) ![]() ![]() (Tehron, Eron; 5 Oktyabr 2011) | |||
Osiyo Kubogi | |||
Ishtiroki | 3 (Ilk marta 2015-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Guruh bosqichi (2015, 2019) | ||
OFK Chaqiruv Kubogi | |||
Ishtiroki | 3 (Ilk marta 2006-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Gʻolib (2014) | ||
WAFF Chempionati | |||
Istiroki | 7 (Ilk marta 2000-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Guruh bosqichi (7 marta) |
Falastin milliy futbol terma jamoasi (arab. منتخب فلسطين لكرة القدم) — Falastin futbol assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Xalqaro futbolda Falastin sharafini himoya qiladi. Jamoa qitʼada Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) tomonidan boshqariladi va FIFA aʼzosi hisoblanadi.
Falastinda futbol assotsiatsiyasi 1928-yilda tashkil etilgan. Falastinning arab aholisidan iborat jamoa 1953-yilda oʻzining birinchi oʻyinini oʻtkazgan. Milliy terma jamoa 1998-yilda Falastin milliy maʼmuriyati tashkil etilgandan soʻng FIFA tomonidan tan olingan. Oʻsha yili Falastin oʻzining FIFA tomonidan tan olingan birinchi oʻyinini oʻtkazdi va oʻrtoqlik oʻyinida Livanga 3:1 hisobida magʻlub boʻldi. Jamoa 2014-yilgi OFK Chaqiruv kubogi finalida Filippin ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonganligi evaziga musobaqa g‘olibi boʻldi. Terma jamoa musobaqadagi ushbu g‘alabasi tufayli 2015-yilgi Osiyo Kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi va bu musobaqadagi ilk ishtiroki bo‘ldi. Keyinchalik Falastin 2019-yilgi Osiyo Kubogining navbatdagi bosqichiga yoʻllanma oldi. Ular hali jahon chempionatiga chiqa olishmagan.
Falastin terma jamoasi turli taxalluslar bilan tanilgan: „Kanʼon sherlari“ (arab. ạ̉swd knʿạn), „fedaiynlar“ (arab. ạlfdạḦywn) va „ritsarlar“ (arab. ạlfrsạn). Ularning asosiy ranglari — qizil va oq.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]1928-1998 yillar: Boshlanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Makkabi yetakchisi Yosef Yekutieli 1925-yildayoq Makkabi assotsiatsiyasini Xalqaro futbol federatsiyasiga (FIFA) aʼzo bo‘lishiga harakat qilgan[2]. Ariza rad etildi, chunki faqat davlatlar vakili boʻlgan uyushmalar aʼzo sifatida qabul qilinishi mumkin edi. Yekutieli shu tariqa Falastin futbol assotsiatsiyasini (PFA) tuzishga qaror qildi. „Makkabi“ rasmiylari arab jamoalarini kiritishlari shart edi. Assotsiatsiyaning birinchi sessiyasi 1928-yilning yozida boʻlib oʻtdi. Ilk sessiyada oʻn toʻrt yahudiy vakillaridan faqat bir arab delegati — Quddus arab sport klubining bir vakili ishtirok etdi[3].
Murabbiylar shtabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lavozim | Ism-sharif |
---|---|
Bosh murabbiy | ![]() |
Yordamchi murabbiyh | ![]() |
Terma jamoani boshqargan murabbiylar tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ricardo Carugati (1998)
Azmi Nassar (1999-2000)
Mansour Hamid El Bouri (2000)
Mustafa Abdel-Ghali Yacoub (2001)
Andrzej Wiśniewski (2002)
Nicola Hadwa (2002-2004)
Alfred Riedl (2004)
Tamás Viczkó (2004)
Azmi Nassar (2005-2007)
Nelson Dekmak (2007)
Ezzat Hamza (2008-2009)
Jamal Daraghmeh (2009)
Mousa Bezaz (2009-2011)
Abdel Nasser Barakat (2011)
Jamal Mahmoud (2011-2014)
Saeb Jendeya (2014-2015)
Ahmed Al-Hassan (2015)
Abdel Nasser Barakat (2015-2017)
Julio César Baldivieso (2017-2018)
Noureddine Ould Ali (2018-2021)
Makram Daboub (2021-2022)
Futbolchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi tarkib
[tahrir | manbasini tahrirlash]№ | Poz. | Futbolchi | Tugʻilgan sanasi (yosh) | Ishtiroki | Gollari | Klubi
|
---|---|---|---|---|---|---|
1 | DR | Tawfiq Ali | 1989-yil 8-noyabr (32 yosh) | 39 | 0 | ![]() |
16 | DR | Naim Abu Aker | 1995-yil 20-yanvar (27 yosh) | 1 | 0 | ![]() |
22 | DR | Rami Hamadeh | 1994-yil 24-mart (28 yosh) | 37 | 0 | ![]() |
DR | Baraa Kharoub | 1998-yil 20-mart (24 yosh) | 0 | 0 | ![]() | |
2 | HM | Mohammed Khalil | 1998-yil 5-aprel (24 yosh) | 10 | 0 | ![]() |
4 | HM | Yaser Hamed | 1997-yil 9-dekabr (24 yosh) | 21 | 5 | ![]() |
5 | HM | Mohammed Saleh | 1993-yil 18-iyul (29 yosh) | 21 | 0 | ![]() |
7 | HM | Musab Al-Battat | 1993-yil 12-noyabr (28 yosh) | 53 | 1 | ![]() |
14 | HM | Samer Jundi | 1996-yil 27-sentyabr (25 yosh) | 3 | 0 | ![]() |
15 | HM | Abdelatif Bahdari (jamoa sardori) | 1984-yil 20-fevral (38 yosh) | 82 | 9 | ![]() |
17 | HM | Mousa Farawi | 1998-yil 22-mart (24 yosh) | 10 | 0 | ![]() |
21 | HM | Yazan Iwaiwi | 1994-yil 6-iyun (28 yosh) | 6 | 0 | ![]() |
HM | Abdelsalam Salama | 1998-yil 4-iyun (24 yosh) | 1 | 0 | ![]() | |
3 | YH | Mohammed Rashid | 1995-yil 29-yanvar (27 yosh) | 31 | 2 | Aniq emas |
6 | YH | Odai Kharoub | 1993-yil 5-fevral (29 yosh) | 18 | 0 | ![]() |
8 | YH | Mohammed Yameen | 1994-yil 19-sentyabr (27 yosh) | 34 | 3 | ![]() |
12 | YH | Joaquín Abdala | 2000-yil 19-yanvar (22 yosh) | 2 | 0 | ![]() |
13 | YH | Mahmoud Abu Warda | 1995-yil 31-may (27 yosh) | 23 | 2 | ![]() |
23 | YH | Mohammed Darweesh | 1991-yil 2-iyun (31 yosh) | 49 | 0 | ![]() |
9 | HJ | Tamer Seyam | 1992-yil 25-noyabr (29 yosh) | 53 | 12 | ![]() |
10 | HJ | Saleh Chihadeh | 1994-yil 25-avgust (28 yosh) | 10 | 2 | ![]() |
11 | HJ | Oday Dabbagh | 1998-yil 3-dekabr (23 yosh) | 27 | 11 | ![]() |
18 | HJ | Nicolás Zedán | 2000-yil 7-iyun (22 yosh) | 2 | 0 | ![]() |
19 | HJ | Badr Moussa | 1999-yil 4-noyabr (22 yosh) | 6 | 0 | ![]() |
20 | HJ | Mahmoud Wadi | 1992-yil 25-noyabr (29 yosh) | 16 | 0 | ![]() |
HJ | Mohammed Obeid | 1998-yil 30-sentyabr (23 yosh) | 1 | 0 | ![]() |
Natijalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
|
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil 2-sentabr holatiga ko‘ra, Falastin milliy terma jamoasining to‘liq rasmiy o‘yin rekordi 229 ta o‘yindan iborat: 66 g‘alaba, 57 durang va 106 mag‘lubiyat[4][5]. Ushbu uchrashuvlar davomida jamoa 291 marta raqib darvozasini ishgʻol qilib, 357 ta gol oʻtkazib yuborgan. Falastinning eng katta gʻalabasi 2006-yilda Guamga qarshi oʻyinda erishilgan (11-0). Ularning eng uzoq gʻalabali seriyasi 7 ta gʻalaba, magʻlubiyatsiz rekordi esa ketma-ket 12 ta rasmiy oʻyin.
Umumiy natija | ||||
---|---|---|---|---|
Musobaqa | 1-o'rin | 2-o'rin | 3-o'rin | 4-o'rin |
FIFA Jahon chempionati | 0 | 0 | 0 | 0 |
Osiyo Kubogi | 0 | 0 | 0 | 0 |
OFK Chaqiruv Kubogi | 1 | 0 | 0 | 1 |
WAFF chempionati | 0 | 0 | 0 | 0 |
Arab kubogi | 0 | 0 | 0 | 0 |
Pan Arab o'yinlari | 0 | 0 | 1 | 2 |
Osiyo oʻyinlari | 0 | 0 | 0 | 0 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „1st Pan Arab Games“. RSSSF.
- ↑ Khalidi, Issam „The Coverage of Sports News in "Filastin" 1911 – 1948“.
- ↑ Khalidi, Issam. One Hundred Years of Football in Palestine. Al Manhal, 2013 — 25-bet. ISBN 9796500159331.
- ↑ FIFA.com „Live Scores - Palestine - Matches“ (en). FIFA.com. 2017-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-dekabr.
- ↑ „Palestine - List of International Matches“. www.rsssf.com. Qaraldi: 2019-yil 19-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- PFA official website
- FIFA team profile
- AFC team profile
- WAFF team profile (Wayback Machine saytida 2022-09-03 sanasida arxivlangan)
- ELO team records