Turku

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Turku, Abo — Finlyandiyaning jan.sharqiy qismidagi shahar. TurkuPori lyanining maʼmuriy markazi. Aholisi 172,1 ming kishi (2000). Boltik, dengizining Botnik qoʻltigʻi sohilidagi port. Transport yoʻllarining muhim tuguni. T.dan Shvetsiyaga parom qatnaydi. Mamlakatning savdosanoat va madaniy markazi. Mashinasozlik (xususan, kemasozlik, elektronika), toʻqimachilik, neftni qayta ishlash sanoati korxonalari mavjud. Unt, muzeylar bor. T. 12-asr oʻrtalarida finlarning shvedlar egallagan savdo qishlogʻi oʻrnida bunyod etilgan. T. haqidagi ilk yozma maʼlumotlar 1154 yilga oid arab manbalarida uchraydi. 13-asr oʻrtalaridan 1809 yilgacha shvedlar maʼmuriyati markazi. 1809—12 (amalda 1819 yilgacha) T. — Finlyandiya Buyuk knyazligi poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan roman sobori (13 — 15-asrlar) va qasr (1280, 16—17-asrlarda qayta qurilgan) saklangan.