Kotka
Kotka — Finlandiyaning jan. qismidagi shahar. Fin qoʻltigʻining shim. qismidagi orollarda, Kyumi-Yoki daryosi quyilishida joylashgan. Aholisi 55,2 ming kishi (1999). Fin qoʻltigʻidagi port (oʻrmon mahsulotlari eksport qilinadi). Mamlakatning oʻrmonchilik sanoati markazi. Taxta tilish, sellyuloza-qogʻoz, kimyo sanoati korxonalari bor. Oʻrmon sanoati uchun jihozlar ishlab chiqariladi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |