Iordaniya milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iordaniya milliy futbol terma jamoasi
Shirt badge/Association crest
Tahallusi
  • النشامى(The Chivalrous Ones) (Jasurlar) [1]
Assotsiatsiya Iordaniya Futbol Assotsiatsiya (JFA)
Konfederatsiya AFC (OSIYO)
Sub-konfederatsiya WAFF (Gʻarbiy Osiyo)
Bosh murabbiy  IRQ Adnan Hamad
Sardor Baha' Abdel-Rahman
Eng koʻp oʻynagan futbolchi Amer Shafi (176)[2][3]
Eng yaxshi toʻpurar Hamza Al-Dardour (33)
Uy stadioni Amman xalqaro stadioni
Qirol Abdulla II stadioni
forma
Birinchi forma
FIFA Reytingi
Hozirgi 86 — Avgust 2022,
Eng yuqori 37 (Avgust-Sentyabr 2004,)
Eng past 110 (Dekabr 1992,)
Birinchi xalqaro oʻyin
 Suriya 3-1 Iordaniya 
(Aleksandriya, Misr: 30 Iyul 1953)
Eng yirik gʻalaba
 Iordaniya 9-0 Nepal   
(Amman, Iordaniya: 23 Iyul 2011)
Eng yirik magʻlubiyat
 Xitoy 6-0  Iordaniya
(Guanchjou, Xitoy: 15 Sentyabr 1984)
 Yaponiya 6-0 Iordaniya 
(Saytama), Yaponiya: 8 Iyun 2012)
Bahrayn xalqaro turniri
Ishtiroki 1 (Ilk marta 2002-yili)
Eng yaxshi natijasi Gʻolib (2002)
Iordaniya xalqaro turniri
Ishtiroki 1 (Ilk marta 1992-yili)
Eng yaxshi natijasi Gʻolib (1992)
Osiyo Kubogi
Istiroki 4 (Ilk marta 2004-yili)
Eng yaxshi natijasi Chorak final (2004, 2011)

Iordaniya milliy futbol jamoasi (arab. المنتخب الأردني لكرة القدم) Iordaniya sharafini xalqaro futbolda himoya qiladi va Iordaniya Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Iordaniya terma jamoasi hech qachon jahon chempionati final bosqichiga chiqa olmagan, ammo Osiyo kubogida toʻrt marta maydonga tushgan va 2004 va 2011-yillarda chorak final bosqichiga chiqqan.

Iordaniya Pan Arab oʻyinlarining 1997 va 1999 yilgi turnirlarda gʻolib chiqqan va ikki karra chempion hisoblanadi. Shuningdek, 1992-yilgi Iordaniya xalqaro turniri chempioni va 2002-yilgi Bahrayn xalqaro turniri chempioni hisoblanadi. Shu paytgacha Iordaniya G‘arbiy Osiyo futbol federatsiyasi chempionatiga uch marta (2000, 2007 va 2010), 1988-yilda bir marta Arab kubogi va 1999-yilda bir marta Pan Arab o‘yinlariga mezbonlik qilgan.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iordaniya milliy futbol jamoasining birinchi xalqaro oʻyini 1953-yilda Misrda boʻlib oʻtgan va unda Suriyaga 3:1 hisobida magʻlub boʻlgan. Iordaniyaning birinchi FIFA Jahon chempionati saralashida ishtiroki 1986-yilgi saralash boʻlib, ular hali Jahon chempionatiga chiqisha olmaganlar. Faqat Iordaniya terma jamoasi oʻz tarixida birinchi marta JCh-2014 saralash bosqichining soʻnggi bosqichiga yoʻllanma olgan.

Birinchi (iordaniyalik) futbol murabbiyi Mohammad Awad 1992-yildan 1999-yilgacha Iordaniya terma jamoasi bilan katta muvaffaqiyatlarga erishdi, u oʻz mamlakatiga 1992-yilda Iordaniya xalqaro turnirida va 1997-yilda boshlangan Pan Arab oʻyinlarida gʻalaba qozonishga yordam berdi. Ushbu musobaqalar mos ravishda Bayrut va Ammanda boʻlib oʻtgan.

Iordaniya milliy futbol jamoasi 2002-yilgi Jahon chempionati saralashining birinchi bosqichida yuqori natijalarga erishgan, ammo Iordaniya final bosqichga chiqa olmagan boʻlsa ham serbiyalik bosh murabbiyi Branko Smiljanić qoʻl ostida jamoa juda yaxshi oʻyin koʻrsatishdi. Branko Smiljanić shuningdek, Iordaniyaga 2002-yilgi Arab kubogining yarim finaliga chiqishga yordam berdi. Terma jamoa 2000-yilda Gʻarbiy Osiyo futbol federatsiyasi chempionatida toʻrtinchi oʻrinni va 2004-yilda Suriyada boʻlib oʻtgan WAFF chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi. Keyinchalik misrlik Mahmoud El-Gohary Iordaniya murabbiyligidan isteʼfoga chiqqan Brankoning oʻrniga bosh murabbiy boʻlishga rozi boʻldi. El-Gohari boshchiligida Iordaniya terma jamoasi Xitoyda boʻlib oʻtgan 2004-yilgi Osiyo kubogi turnirida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi va Iordaniyaga turnirning chorak finaliga chiqishga yordam berdi. Chorak finalda Yaponiya bilan oʻyin shiddatli kechdi va 1:1 hisobidagi durang bilan oʻyinning asosiy vaqti yakunlandi. Qoʻshimcha vaqt ham tugaganidan soʻng penaltilar seriyasida magʻlub boʻldi. Ammo Mahmoud El-Gohary tufayli Iordaniya terma jamoasi FIFA reytingida 2004-yilda 37-o‘rinni egalladi. Xuddi serb Branko singari, El-Gohari ham Iordaniya terma jamoasiga 2006-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Iordaniyaning birinchi bosqichida yuqori natijalarga erishishga yordam berdi. Ammo Iordaniya final bosqichiga chiqa olmadi. 2004 va 2007-yillardagi WAFF chempionat turnirlarida El-Gohary Iordaniyaga 2004-yilda uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishga yordam berdi. 2007-yilda Iordaniya yarim final bosqichigacha chiqdi. 2007-yilgi Osiyo Kubogi saralashida oltita o‘yindan beshtasida Iordaniyani boshqarganidan so‘ng, El- Gohary futbol murabbiyi sifatida nafaqaga chiqdi, portugaliyalik Nelo Vingada Iordaniya bosh murabbiyi lavozimini egalladi.

Jamoa imiji[tahrir | manbasini tahrirlash]

To'plam[tahrir | manbasini tahrirlash]

Homiy Davr
Italiya Diadora 1997
Germaniya Puma 1997–1999
Germaniya Adidas 1999–2005
Germaniya Jako 2005–2009
Germaniya Uhlsport 2009–2010
Germaniya Adidas 2010–2012
Germaniya Jako 2012–2015[4]
Germaniya Adidas 2015–2018[5]
Ispaniya Joma 2018–2021[6]
Angliya Umbro 2021-2022
Germaniya Jako 2022–

Murabbiylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lavozim Ism-sharif
Bosh murabbiy Iroq Adnan Hamad
Yordamchi murabbiy Iordaniya Ahmed Abdel-Qader
Yordamchi murabbiy Iordaniya Hassouneh Al-Sheikh
Darvozabonlar murabbiyi Iordaniya Amer Shafi
Fitnes murabbiyi Iordaniya Hassan Al-Bukhairi
Jamoa menejeri Iordaniya Osama Talal
Jamoa shifokori Iordaniya Nizar Al-Bashtawi

Terma jamoani boshqargan murabbiylar tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoalarga qarshi o'zaro statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iordaniya milliy futbol jamoasi Tehronda – 2015 yil Osiyo Kubogi saralashi
Raqib jamoa O'yinlar G'alaba Durang Mag'lubiyat GF GA GD
 Afgʻoniston 3 2 1 0 13 5 +8
 Albaniya 1 0 1 0 0 0 0
 Jazoir 3 1 1 1 3 8 −5
 Armaniston 1 0 1 0 0 0 0
 Argentina 0 0 0 0 0 0 0
 Avstraliya 8 3 0 5 7 13 −6
 Ozarbayjon 2 0 1 1 1 3 −2
 Bahrayn 26 12 6 8 31 23 +8
 Bangladesh 2 2 0 0 12 0 +12
 Braziliya 0 0 0 0 0 0 0
 Belarus 2 1 0 1 1 1 0
 Belgiya 0 0 0 0 0 0 0
 Bosniya va Gersegovina 2 0 1 1 1 2 −1
 Bolgariya 1 0 0 1 0 2 −2
 Kambodja 2 2 0 0 8 0 +8
 Chad 1 1 0 0 1 0 +1
 Xitoy 12 1 5 6 9 25 −16
 Kolumbiya 1 0 0 1 0 3 −3
 Kongo 1 1 0 0 1 0 +1
 Xorvatiya 1 0 0 1 1 2 −1
 Kipr Respublikasi 5 2 2 1 6 3 +3
 Daniya 1 1 0 0 3 2 +1
 Ekvador 1 1 0 0 3 0 +3
 Misr 5 1 1 3 3 11 −8
 Angliya 0 0 0 0 0 0 0
 Estoniya 1 0 0 1 0 1 −1
 Finlandiya 1 0 0 1 1 2 −1
 Fransiya 0 0 0 0 0 0 0
 Gruziya 2 1 0 1 3 3 0
 Germaniya 0 0 0 0 0 0 0
 Gaiti 1 0 0 1 0 2 –2
 Gonkong 4 2 2 0 7 1 +6
 Vengriya 1 0 1 0 1 1 0
 Hindiston 2 2 0 0 4 1 +3
 Indoneziya 5 5 0 0 13 2 +11
 Eron 13 4 3 6 10 15 −5
 Iroq 50 11 12 27 46 76 −30
 Italiya 0 0 0 0 0 0 0
 Kot-dʼIvuar 1 0 0 1 0 2 −2
 Yaponiya 6 1 3 2 5 12 −7
 Qozogʻiston 2 1 0 1 2 1 +1
 Keniya 1 0 1 0 1 1 0
 Kosovo 1 1 0 0 2 0 +2
 Kuvayt 24 7 8 9 28 32 −4
 Qirgʻiziston 5 2 1 2 4 3 +1
 Laos 2 2 0 0 8 2 +6
 Livan 27 7 14 6 28 25 +3
 Liviya 10 3 4 3 10 12 −2
 Litva 1 1 0 0 3 0 +3
 Malayziya 5 3 2 0 6 0 +6
 Malta 3 1 0 2 4 5 −1
 Mavritaniya 1 1 0 0 2 1 +1
 Meksika 1 0 1 0 0 0 0
 Moldova 2 1 0 1 1 2 −1
 Marokash 5 0 1 4 3 12 −9
 Niderlandiya 0 0 0 0 0 0 0
   Nepal 5 4 1 0 18 1 +17
 Yangi Zelandiya 3 2 0 1 5 4 +1
 Nigeriya 2 1 0 1 1 2 -1
 Shimoliy Koreya 7 3 1 3 8 6 +2
 Norvegiya 1 0 1 0 0 0 0
 Ummon 23 9 8 6 24 16 +8
 Pokiston 7 7 0 0 24 1 +23
 Falastin 14 7 6 1 34 12 +22
 Paragvay 1 0 0 1 2 4 −2
 Portugaliya 0 0 0 0 0 0 0
 Qatar 20 5 3 12 16 31 −15
 Ruminiya 1 1 0 0 1 0 +1
 Saudiya Arabistoni 15 7 2 6 15 16 −1
Syerra-Leone 2 1 0 1 5 2 +3
 Singapur 9 7 1 1 20 6 +14
 Ispaniya 0 0 0 0 0 0 0
 Slovakiya 0 0 0 1 1 5 −4
 Janubiy Koreya 5 0 2 3 2 5 −3
 Janubiy Sudan 2 2 0 0 5 1 +4
 Sudan 3 2 1 0 5 1 +4
 Shvetsiya 1 0 1 0 0 0 0
 Suriya 39 15 9 15 37 37 0
 Xitoy Taypeyi 2 2 0 0 8 0 +8
 Tojikiston 4 3 0 1 8 2 +6
 Tailand 8 1 5 1 3 4 −2
 Trinidad va Tobago 1 1 0 0 3 0 +3
 Tunis 3 0 1 2 3 12 −9
 Turkmaniston 4 2 0 2 5 4 +1
 Ukraina 1 0 1 0 0 0 0
 Birlashgan Arab Amirliklari 18 3 4 11 15 30 –15
 Urugvay 2 0 1 1 0 5 −5
 Oʻzbekiston 14 2 5 7 15 21 −6
 Vyetnam 4 0 4 0 3 3 0
 Yaman 3 1 2 0 6 2 +4
 Zambia 1 1 0 0 1 0 +1
 Zimbabve 1 1 0 0 2 0 +2
Jami 458 165 127 167 561 534 +27

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Smale, Simon „Who the Socceroos are facing as the Asian Cup kicks off, and when to watch“. ABC News. Australian Broadcasting Corporation. Qaraldi: 2019-yil 6-yanvar.
  2. Amer Shafi Sabbah Mahmoud — Century of International Appearances
  3. FIFA Century Club
  4. Staff, Football Fashion „Jordan 2012/14 Jako Home and Away Jerseys“ (en-US). FOOTBALL FASHION.ORG (2012-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 22-fevral.
  5. „Adidas signs partnership with Jordanian Football Federation“ (en). Qaraldi: 2019-yil 22-fevral.
  6. „Jordan Olympic Committee announce JOMA kit deal“. www.insidethegames.biz (2018-yil 15-avgust). Qaraldi: 2019-yil 22-fevral.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]