Norvegiya milliy futbol terma jamoasi
Laqabi | Drillos (sherlar) | ||
---|---|---|---|
Assotsiatsiya | Norvegiya Futboll Federatsiyasi (NFF) | ||
Konfederatsiya | UEFA (Yevropa) | ||
Bosh murabbiy | Ståle Solbakken | ||
Sardor | Martin Ødegaard | ||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | John Arne Riise (110) | ||
Toʻpurar | Jørgen Juve (33) | ||
Uy stadioni | Ullevaal Stadion | ||
FIFA kodi | NOR | ||
FIFA reytingi | 42 | ||
Eng yuqori FIFA reytingi | 2 (1993, Iyul–Avgust 1995) | ||
Eng past FIFA reytingi | 88 (July 2017) | ||
Eng yuqori Elo reytingi | 6 (Iyun 2000) | ||
Eng past Elo reytingi | 91 (May-Iyun 1976) | ||
| |||
Ilk xalqaro oʻyini | |||
![]() ![]() (Gothenburg, Shvedsiya; 12 Iyul 1908) | |||
Yirik gʻalabasi | |||
![]() ![]() (Bergen, Norvegiya; 28 Iyun 1946) | |||
Yirik magʻlubiyati | |||
![]() ![]() (Copenhagen, Denmark; 7 October 1917) | |||
Jahon chempionati | |||
Ishtiroki | 3 (Ilk marta 1938-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | (1938, 1998) | ||
UEFA Yevropa chempionati | |||
Ishtiroki | 1 | ||
Vebsayt | fotball.no |
Norvegiya milliy futbol terma jamoasi (norveg tilida: Norges herrelandslagi fotball, yoki norasmiy ravishda Landslaget) Norvegiya sharafini erkaklar xalqaro futbolida himoya qiladi. Jamoa Norvegiyaning futbol boʻyicha kengashi boʻlgan Norvegiya futbol federatsiyasi tomonidan boshqariladi. Norvegiyaning uy maydoni Oslodagi Ullevaal Stadioni hisoblanadi va jamoa bosh murabbiyi Ståle Solbakkendir. Norvegiya 3 marta FIFA Jahon chempionatida (1938, 1994, 1998), bir marta UEFA Yevropa chempionatida (2000) ishtirok etgan[1].
Norvegiya Braziliyaga qarshi barcha bahslarda magʻlubiyatsiz natija bilan qolayotgan yagona milliy terma jamoa hisoblanadi. Toʻrtta bahsda Norvegiya Braziliyaga qarshi 2 ta gʻalaba va 2 ta durang natijani qayd etgan. Ushbu natijalar uchta oʻrtoqlik bahsida (1988, 1997 va 2006-yillarda) va 1998-yilgi jahon chempionati guruh bosqichi bahslarida qayd etilgan.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Norvegiyaning xalqaro futboldagi natijalari odatda Skandinaviya yarimorolidagi qoʻshnilari Shvedsiya va Daniyaga qaraganda pastroq boʻlgan. Ammo ular 1930-yillarning oxirida oltin davrni boshdan oʻtkazishgan. Olimpiya terma jamoasi mezbon Germaniyani magʻlubiyatga uchratib 1936-yilgi Olimpiya oʻyinlarida uchinchi oʻringa erishdi. Norvegiya, shuningdek, 1938-yilgi FIFA jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. Chempionatda Italiyaga qarshi qoʻshimcha vaqtlarda 2-1 hisobida yutqazib qoʻydi. Bu Norvegiyaning 56 yil ichidagi soʻnggi jahon chempionatida oʻtkazgan uchrashuvi boʻldi[2].
Urushdan keyingi yillarda, yaʼni 1980-yillargacha Norvegiya Yevropadagi kuchsiz jamoalardan biri hisoblangan. Ular bu davrda hech qachon jahon chempionati yoki Yevropa chempionatiga yoʻllanma ololmagan va odatda kvalifikatsiyani guruhining quyi pogʻonasiga yaqin oʻrinda yakunlashgan[3]. Shunga qaramay, Norvegiya vaqti-vaqti bilan shov-shuvli natijalarni qayd etishi bilan shuhrat qozongan, masalan, 1965-yilda Yugoslaviyaga qarshi uchrashuvda 3-0 hisobida gʻalaba, 1968-yilda Fransiyaga qarshi 1-0 hisobida gʻalaba, 1981-yilda Angliyaga qarshi 2-1 hisobidagi gʻalabalar qayd etilgan.
Jamoa formasini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ishlab chiqaruvchi | Davr |
---|---|
![]() |
1976-1980 |
![]() |
1981-1991 |
![]() |
1992-1996 |
![]() |
1996-2014 |
![]() |
2015-hozir |
Tarkib[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 10-sentyabrda tugʻilganlar
- 1990-yilda tugʻilganlar
- 9-yanvarda tugʻilganlar
- 1997-yilda tugʻilganlar
- 30-iyulda tugʻilganlar
- 21-oktyabrda tugʻilganlar
- 2000-yilda tugʻilganlar
- 17-mayda tugʻilganlar
- 1995-yilda tugʻilganlar
- 25-iyulda tugʻilganlar
- 17-dekabrda tugʻilganlar
- 1994-yilda tugʻilganlar
- 17-noyabrda tugʻilganlar
- 28-noyabrda tugʻilganlar
- 1999-yilda tugʻilganlar
- 21-avgustda tugʻilganlar
- 1998-yilda tugʻilganlar
- 11-martda tugʻilganlar
- 1993-yilda tugʻilganlar
- 16-iyulda tugʻilganlar
- 5-mayda tugʻilganlar
- 1996-yilda tugʻilganlar
- 24-noyabrda tugʻilganlar
- 28-mayda tugʻilganlar
- 27-yanvarda tugʻilganlar
- 4-avgustda tugʻilganlar
- 7-sentyabrda tugʻilganlar
- 8-mayda tugʻilganlar
- 2002-yilda tugʻilganlar
- 2-martda tugʻilganlar
- 29-fevralda tugʻilganlar
- 10-yanvarda tugʻilganlar
- 5-dekabrda tugʻilganlar
- 13-aprelda tugʻilganlar
- Norvegiya
- Milliy futbol terma jamoalari