St James' Park

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
St James' Park
Aerial view of St James Park - geograph.org.uk - 472327 (cropped).jpg
Toʻliq nomi Sent-Jeyms Park
Joyi Newcastle upon Tyne NE1 4ST
Koordinatalari 54°58′32″N 1°37′18″W / 54.97556°N 1.62167°W / 54.97556; -1.62167Koordinatalari: 54°58′32″N 1°37′18″W / 54.97556°N 1.62167°W / 54.97556; -1.62167
Qachon qurilgan 1892-yil
Qachon ochilgan 1892-yil
Qachon taʼmirlangan 2000-yil
Qachon kengaytirilgan 1998-2000-yillar.
Egasi Newcastle City Council
Yuzasi Grass (Desso GrassMaster)
Meʼmor TTH Architects, Gateshead
Hajmi 52,305[1]
Maydon oʻlchami

105 by 68 metres (114.8 yd × 74.4 yd)

[1]
Maydon egalari
  • Newcastle Rangers F.C. (1880-1882, 1884)
  • Newcastle West End F.C. (1886-1892)
  • Newcastle East End F.C. (1892)
  • Newcastle United F.C. (1892-h.v.gacha)

St James' Park Angliyaning Nyukasl-apon-Tayn shahrida joylashgan futbol stadionidir. „Nyukasl Yunayted“ futbol klubining uy arenasi. Bu stadion 52 405 tomoshabinga moʻljallangan boʻlib, bu koʻrsatkich boʻyicha Angliya klublari ichida yettinchi, dunyo miqyosidagi stadionlar boʻyicha esa sakkizinchi oʻrinda turadi. 2011-yil oxirida u „Sport-Direct Arena“ deb nomlandi, 2012-yil oktabr oyida stadionga tarixiy nomi qaytarildi.

1996-yilda St James' Parkda futbol boʻyicha Yevropa chempionati oʻyinlarini (3 oʻyin), 2012-yilda yozgi Olimpiya oʻyinlari futbol turnirining oʻyinlarini (6 oʻyin), 2015-yilning kuzida regbi boʻyicha jahon chempionati oʻyinlari oʻtkazildi (guruh bosqichining 3 oʻyini). Ushbu stadionda futbol boʻyicha Angliya terma jamoasi 7 marta oʻynagan boʻlib, shulardan oxirgi marta 2005-yil bahorida JCh 2006 saralash bosqichida match oʻtkazgan.

Futboldan tashqari, stadion xalqaro musobaqalar, rok -konsertlar va boshqa marosimlar uchun maydon sifatida ishlatiladi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stadionni yuqoridan kôrinishi.1963-yil.

Stadion 19-asr oʻrtalarida qurilgan boʻlib, Angliyaning shimoli-sharqidagi eng qadimiy sport inshootlaridan biri hisoblanadi. 1880-yilda Nyukasl Reynjers u erda birinchi marta mashgʻulot oʻyinida futbol oʻynadi. Uzoq vaqt davomida stadion deyarli xoʻjayinsiz qoldi, lekin 1892-yilda „Nyukasl East End“ va „Nyukasl West End“ ikkita mahalliy klublari Nyukasl Yunaytedga birlashtirilgandan soʻng, stadion uning tasarrufiga oʻtdi. Koʻp oʻtmay, 1899-yilda stadionda tribunalar paydo boʻldi va stadionning sigʻimi 28 ming kishiga etdi. Oʻn-yil oʻtib, 1906-yilda, rekonstruksiyadan soʻng, stadion 60 ming kishini sigʻdira oladigan bõldi.

XX asrda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻplab Sport jurnalistlari klub haqida matbuot xabarlarini taqdim etadigan Barrack yoʻlidagi asosiy tribunadan tashqarida joylashgan St-Jeyms parkining zinapoyalari. Stadion asosiy kirish zinapoyslari oʻng tomonda (koʻk rangli).

1987-yilda Nyukasl shahar kengashi devorida raqiblar uchun dahshatli hisoblangan, oq-qora „NEWCASTLE UNITED“ yozuvi bilan mashhur boʻlgan Gʻarbiy tribunani yopishni buyurdi. Shundan soʻng, uning oʻrniga yangi tribuna qurildi, unga Nyukasl oʻyinchisi Jeki Milbern nomi berildi — „Milburn Stand“.

1989-yildagi Hillsboro fojiasidan soʻng, futbol maʼmuriyati tik turgan joylar tomoshabinlar uchun xavfli deb qaror qildi va ularni taqiqladi. Oʻshanda klubda stadionni rekonstruksiya qilish uchun pul yoʻq edi, lekin klub muxlisi boʻlgan Ser Jon Xoll „hakkalar“ni qutqarishga keldi. U oʻz choʻntagidan taʼmirlashga 14 million funt sterling sarfladi va 1993-yilda uning nomini olgan „Sir John Hall Stand“ deb nomlangan yana bir tribuna qurish uchun pul ajratdi.

1996-yilda futbol boʻyicha Yevropa chempionati oʻyinlarini yaʼni Fransiya Ruminiya va Bolgariya terma jamoalari ishtirokidagi „B“ guruhi oʻyinlari oʻtkazildi.

XXI asr[tahrir | manbasini tahrirlash]

Leazes End va Shimoliy Sharqiy burchak, yangi va eski tribunalar balandligidagi farq koʻrsatilgan

2000-yilda stadionda soʻnggi rekonstruksiya ishlari bajarildi, buning natijasida stadionning sigʻimi 52 405 kishiga oshdi.

2011-yil 10-noyabr kuni klub rasmiy sayti investitsiyalarni jalb qilish va manfaatdor tomonlar uchun nom sotish maqsadida „Sport Direct Arena“ga stadioni vaqtinchalik nomini almashtirilishi haqidagi yangiliklar nashr qilindi[2] . Bu muxlislar va futbol jamoatchiligining qattiq noroziligiga sabab boʻldi. Muxlislar bu qarorga norozilik bildirishdi va klub egasi Mayk Eshlining obroʻsi pasayishda davom etdi.

9-oktabr 2012-yil stadion „Wonga“ bilan klub homiylik shartnomasi doirasida kelishuvg erishib, uning asl nomini qaytarib berdi. [3]

Haykal va memoriallar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Surat Shaxs Joylashuvi Sana Haykaltarosh
Fayl:Jackie Milburn statue, St James' Park SE corner, 9-fevral 2013-yil (cropped).jpg Jackie Milburn St. James' Park stadioni janubi-sharqiy burchak 1991 Susanna Robinson
Bobby Robson statue, Newcastle.jpg Bobby Robson St. James' Park stadioni janubi-gʻarbiy burchak 2012 Tom Maley[4]
Joe Harvey Memorial, St James' Park.jpg Joe Harvey Gallouayt devori 2014 John McNamee Jnr
Statue Shearer Newcastle Tyne 4.jpg Alan Shirrer Barrak Yoʻli (St. James' Park janubi-gʻarbiy burchak) 2016 Tom Maley [5]

Stadion panoramasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matchlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu stadionda bir nechta ahamiyatga molik oʻyinlar o'tkazilgan.

Sana Terma jamoa Hisob Terma jamoa Musobaqa
18 Mart 1901 Angliya  6-0  Uels British Home Championship
6 Aprel 1907 1-1  Shotlandiya
15 Noyabr 1933 1-2  Uels
9 Noyabr 1938 4-0  Norvegiya Oʻrtoqlik
10 Iyun 1996 Ruminiya  0-1  Fransiya UEFA Euro 1996
13 Iyun 1996 Bolgariya  1-0  Ruminiya
18 Iyun 1996 Fransiya  3-1  Bolgariya
5 Sentabr 2001 Angliya  2-0  Albaniya 2002 FIFA Jahon kubogi saralashi (UEFA)
18 Avgust 2004 3-0  Ukraina Oʻrtoqlik
30 Mart 2005 2-0  Ozarbayjon 2006 FIFA Jahon

kubogi saralashi (UEFA)

26 Iyul 2012 Meksika  0-0  Janubiy Koreya Olimpiada 2012
26 Iyul 2012 Gabon 1-1   Shveysariya
29 Iyul 2012 Yaponiya  1-0  Marokash
29 Iyul 2012 Ispaniya  0-1 Gonduras
1 Avgust 2012 Braziliya  3-0  Yangi Zelandiya
4 Avgust 2012 Braziliya  3-2 Gonduras

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]