Bahrayn milliy futbol terma jamoasi
![]() | |||
Laqabi |
| ||
---|---|---|---|
Assotsiatsiya | Bahrayn Futbol Assotsiatsiya (BFA) | ||
Sub-konfederatsiya | WAFF (Gʻarbiy Osiyo) | ||
Konfederatsiya | AFC (OSIYO) | ||
Bosh murabbiy |
![]() | ||
Sardor | Sayed Mohammed Jaffer | ||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Salman Isa (156)[1] | ||
Toʻpurar | Ismail Abdullatif (47) | ||
Uy stadioni | Bahrayn Milliy stadioni | ||
FIFA reytingi | 85 — Avgust 2022, | ||
Eng yuqori FIFA reytingi | 44 (Sentyabr 2004,) | ||
Eng past FIFA reytingi | 139 (Mart 2000,) | ||
Elo reytingi | 78 | ||
Eng yuqori Elo reytingi | 49 (Sentyabr 2000,) | ||
Eng past Elo reytingi | 138 (Mart 1979,) | ||
| |||
Ilk xalqaro oʻyini | |||
![]() ![]() (Bagʻdod, Iroq; 2 Aprel 1966) | |||
Yirik gʻalabasi | |||
![]() ![]() (Riffa, Bahrayn; 29 Fevral 2012) | |||
Yirik magʻlubiyati | |||
![]() ![]() (Bagʻdod, Iroq; 5 Aprel 1966) | |||
Osiyo Kubogi | |||
Ishtiroki | 7 (Ilk marta 1988-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Toʻrtinchi oʻrin (2004) | ||
Arab kubogi | |||
Ishtiroki | 6 (Ilk marta 1966-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | 2-o‘rin sohibi (1985, 2002) | ||
WAFF Chempionati | |||
Istiroki | 4 (Ilk marta 2010-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Gʻolib (2019) |
Bahrayn milliy futbol jamoasi (arab. mntkẖb ạlbḥryn lkrẗ ạlqdm) xalqaro futbolda Bahrayn sharafini himoya qiladi va 1951-yilda tashkil etilgan va 1966-yilda FIFAga aʼzo boʻlgan Bahrayn Futbol Uyushmasi tomonidan nazorat qilinadi. Terma jamoa hech qachon Jahon chempionatiga chiqmagan, lekin ikki marta juda qayin kelgan. Bahrayn 2004-yilda FIFAning eng yaxshi jamoaviy sovrinini qo‘lga kiritgan va 2004-yilgi Osiyo Kubogida chorak finalda O‘zbekistonni mag‘lub etgan, ammo yarim finalda Yaponiyaga 4:3 hisobida yutqazib, to‘rtinchi o‘rinni egallagan. Oʻshanda Bahrayn uchinchi oʻrin uchun bahsda Eronga magʻlub boʻldi va shu tariqa umumjamoa hisobida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Bahrayn 2019-yilda oltin yilni o‘tkazdi va Helio Sousa boshchiligida birinchi marta WAFF Chempionati va Arab Ko‘rfazi Kubogini qo‘lga kiritdi.
Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dastlabki davr[tahrir | manbasini tahrirlash]
Birinchi milliy terma jamoa 1959-yilda tashkil etilgan boʻlsa ham, Bahrayn terma jamoasi faqat 1966-yilda rasmiy ravishda yigʻilgan va Quvaytga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazib, 4:4 hisobida durang oʻynagan. Oʻsha paytda, Britaniya hukmronligi ostida boʻlishiga qaramay, Bahraynga avtonomiya berildi va ular bu imkoniyatdan foydalanib, oʻz futbolini rivojlantirishni kengaytirishdi. Shunga qaramay, Bahrayn oʻzidan kuchli hisoblangan Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA va Quvayt kabi Fors koʻrfazi jamoalari ichida oʻzini koʻrsata oldi. Bahraynning xalqaro muvaffaqiyati asosan Arabiston Koʻrfazi Kubogi bilan cheklangan edi.
1988-yilda Bahrayn oʻzining tarixida ilk bor OFK Osiyo Kubogiga yoʻllanma oldi, ammo 1988-yilgi Osiyo Kubogida ikkita durang bilan oxirgi oʻrinni egalladi. Oʻshandan beri Bahrayn U-17 va U-20 yoshlardagi muvaffaqiyatlariga qaramay, eʼtibordan chetda qoldi va hukumat futbolga kamroq sarmoya kiritdi. Faqat 20-asrning oxiriga kelib, Bahrayn haqiqatan xalqaro maydonda oʻz kuchini namoyon qildi va mamlakat futbolida yangi islohotlar amalga oshirildi.
Koʻtarilish[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bahrayn 2000-yilgi Osiyo kubogi va 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichida yaxshi oʻyin koʻrsatdi, ikkinchisi Bahrayn birinchi marta final bosqichiga chiqdi. Ularning birortasiga ham erisha olmaganiga qaramay, Bahrayn oʻzining eng katta futbol yutuqlaridan birini uddaladi: 2000 yilgi Osiyo Kubogida Damashqda boʻlib oʻtgan saralash bosqichida Eronni 1:0 hisobida, 2002-yilgi Jahon chempionatida esa oʻz maydonida 3:1 hisobida magʻlub etdi. Bu Eron futboli uchun eng sharmandali magʻlubiyatlardan biri edi. Bu gʻalaba Bahrayn uchun ahamiyatsiz boʻlsa-da, Eronni toʻgʻridan-toʻgʻri jahon chempionati yoʻllanmasidan chiqarib yubordi va Saudiya Arabistoniga 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatiga chiqishga yordam berdi, Eron keyinchalik saralashdan oʻta olmadi; Bahraynlik muxlislar bu gʻalabaga javoban Saudiya Arabistoni bayrogʻini koʻtarib, Bahrayn va Eron oʻrtasidagi ziddiyatni kuchaytirdilar.[2]
2006-yilgi jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston va Bahrayn 2006-yilgi Jahon chempionati saralashida oʻz guruhlarida uchinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, Bahrayn Oʻzbekiston bilan ikki oʻyin natijalariga koʻra pley-offga chiqdi va safardagi gol evaziga Oʻzbekiston terma jamoasi magʻlub etildi. Bu Bahraynga toʻrtinchi oʻrinni egallagan KONKAKAF davlati (Trinidad va Tobago) bilan jahon chempionati yoʻllanmasi uchun yana ikki oʻyinli pley-offga chiqish imkonini berdi. Ammo Port-of-speynda 1:1 hisobidagi durangdan keyin Bahrayn terma jamoasi Manamada 0:1 hisobida magʻlub boʻldi va Jahon chempionati final bosqichiga chiqolmadi.
2006 yil FIFA Jahon chempionati saralashi — OFK 4-raund pley-off | ||||
---|---|---|---|---|
1-jamoa | Pley-off formatida | 2-jamoa | 1-oʻyin | 2-oʻyin |
![]() |
1-1 (Mehmondagi gollar qoidasi) | ![]() |
1-1 | 0-0 |
Futbol boʻyicha jahon chempionati 2006 saralash oʻyinlari (OFK — KONKAKAF pley-offi) | ||||
![]() |
1-2 | ![]() |
1-1 | 0-1 |
Murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Lavozim | Ism-sharif |
---|---|
Menejer | ![]() |
Boshqaruvchi yordamchisi | ![]() |
![]() | |
Darvozabonlar murabbiyi | ![]() |
Fitnes murabbiyi | ![]() |
Jamoa tahlilchisi | ![]() |
Murabbiylik tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Emad Al-Maawada and
Abdul-Salam Alam (1966)
Hamada El-Sharqawi (1970-1974)
Danny McLennan (1974-1975)
Jack Mansell (1976)
Mal Thompson va Michael Gorman (1979)
Ljubiša Broćić (1979-1981)
Ali Ahmed Farouq (1981)
Sebastião Pereira de Araújo (1982-1984)
Keith Burkinshaw (1984-1986)
Abdelmajid Chetali (1988)
Uli Maslo (1990)
Sebastião Pereira de Araújo (1992-1993)
Ivan Katalinić (1994)
Hamad Rashid Nasser Al-Noyami (1994)
Fuad Boshqar (1996)
Josef Hickersberger (1997)
Ernesto Rosa Guedes (1998)
Alexandru Moldovan (1999)
Salman Sharida (2000)
Victor Stănculescu (2000-2001)
Wolfgang Sidka (2001-2002)
Yves Herbet (2003)
Srećko Juričić (2003-2005)
Wolfgang Sidka (2005)
Luka Peruzović (2005-2006)
Riyadh Al-Thawadi (2006)
Hans-Peter Briegel (2006-2007)
Senad Kreso (2007)
Milan Máčala (2008-2010)
Josef Hickersberger (2010)
Marjan Eid (2010)
Salman Sharida (2010-2011)
Peter Taylor (2011-2012)
Gabriel Calderón (2012-2013)
Anthony Hudson (2013-2014)
Adnan Hamad (2014)
Marjan Eid (2014-2015)
Sergio Batista (2015-2016)
Miroslav Soukup (2016-2019)
Hélio Sousa (2019-hozir)
Futbolchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Natijalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Eng ko'p maydonga tushgan futbolchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
Eng yaxshi to'purarlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Mamrud, Roberto; Stokkermans, Karel „Players with 100+ Caps and 30+ International Goals“. RSSSF. 28-iyun 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-iyul 2011-yil.
- ↑ TeamMelli“. 15-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|