Angliya milliy futbol terma jamoasi
![]() | |||
Laqabi | The Three Lions (Uch Sherlar) | ||
---|---|---|---|
Assotsiatsiya | Angliya Futbol Assotsiatsiyasi | ||
Konfederatsiya | UEFA (Yevropa) | ||
Bosh murabbiy | Gareth Southgate | ||
Yordamchi murabbiy | Ray Lewington | ||
Sardor | Steven Gerrard | ||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Peter Shilton (125) | ||
Toʻpurar | Bobby Charlton (49) | ||
Uy stadioni | Wembley stadioni | ||
FIFA kodi | ENG | ||
FIFA reytingi | 11 | ||
Eng yuqori FIFA reytingi | 3 (Avgust 2012) | ||
Eng past FIFA reytingi | 27 (Fevral 1996) | ||
Elo reytingi | 6 | ||
Eng yuqori Elo reytingi |
1 (1872–1876 1892–1911 1966–1970 1987–1988) | ||
Eng past Elo reytingi | 13 (1936) | ||
| |||
Ilk xalqaro oʻyini | |||
![]() ![]() (Partick, Shotlandiya; 31-iyul 1872) | |||
Yirik gʻalabasi | |||
[[File:{{{flag alias-1783}}}|23x15px|border |alt=|link=]] Irlandiya 0–13 Angliya ![]() (Belfast, Irlandiya; 31-iyul 1882) | |||
Yirik magʻlubiyati | |||
![]() ![]() (Budapesht, Mojariston; 23-may 1954) | |||
Jahon chempionati | |||
Ishtiroki | 13 (Ilk marta [[1950-yili FIFA Jahon chempionati|1950-yili]]-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | 1966-yili gʻolib boʻlgan | ||
Yevropa chempionati | |||
Ishtiroki | 8 (Ilk marta 1968-yili-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi |
3-oʻrin: 1968-yil Yarim finalchi: 1996-yil |
Angliya milliy futbol terma jamoasi futbol sport turi musobaqalarida Angliya davlati shaʼnini himoya qiladi, Angliya Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan boshqariladi. Angliya terma jamoasi dunyoning eng yoshi katta 2 terma jamoaning biridir (Shotlandiya bilan birga). 1872-yili Shotlandiya va Angliya terma jamoalari dunyoning, futbol boʻyicha ilk rasmiy oʻyinini oʻtkazgan. Angliya Birlashgan Qirolllik tarkibidagi bir davlat, FIFA tomonidan Angliya terma jamoasi alohida millat jamoasi sifatida tan olgan.[1] Angliya terma jamoasining uy stadioni Wembley oʻyingohi hisoblanadi. Hozirda terma jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeyt
Angliya ikki yilda ketma-ket boʻladigan FIFA Jahon chempionati va UEFA Yevropa chempionati musobaqalrida ishtirok etadi. Angliya 1966-yili jahon chempioni boʻlgan, ushbu musobaqada Angliya mezbon jamoa edi, finalda Gʻarbiy Olmoniya bilan roʻbaroʻ kelishgan va qoʻshimcha vaqtda 4-2 hisobida gʻalaba qozongan. Undan keyingi ularning eng yaxshi natijasi 1990-yilgi jahon chempionatida yarim finalgacha yetib kelgan yutugʻidir. Angliya terma jamoasi hozirgacha UEFA Yevropa chempionatida umuman gʻolib boʻlmagan, bu musobaqada eng yaxshi koʻrsatgichi, 1968 va 1996-yilgi Yevropa chempionatlarining yarim finaligacha yetib kelishgan. 2020-yilgi Yevropa chempionatida esa Finalgacha yetib borib, yakunda Italiya termasiga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qoʻygan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „GB football team gets Fifa assent“. BBC (20-dekabr 2008-yil). Qaraldi: 11-iyun 2010.
![]() |