Qatar milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qatar
Tahallusi العنابي‎ Al Ennabi (‎Toʻq qizillar)
Assotsiatsiya الاتحاد القطري لكرة القدم‎ (QFA)
Konfederatsiya OFK (Osiyo)
Bosh murabbiy Félix Sánchez Bas
Sardor Hasan al-Haydos[1]
Eng koʻp oʻynagan futbolchi Hasan al-Haydos (143)[2]
Eng yaxshi toʻpurar Mubarak Mustafa (41)
Uy stadioni „Xalifa“ stadioni
FIFA kodi QAT
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma
FIFA Reytingi
Hozirgi 49 (2022-yil 23-iyun)
Eng yuqori 42 (2021-yil avgust)
Eng past 113 (2011-yil noyabr)
Birinchi xalqaro oʻyin
Bahrayn bayrogʻi Bahrayn 2-1 Qatar Qatar bayrogʻi
(Madinat-Isa, Bahrayn; 27-mart, 1970)
Eng yirik gʻalaba
Qatar bayrogʻi Qatar 15-0 Butan Butan bayrogʻi
(Doha, Qatar; 3-sentabr, 2015)
Eng yirik magʻlubiyat
Quvayt bayrogʻi Quvayt 6-1 Qatar Qatar bayrogʻi
(Quvayt; 8-yanvar, 1973)
Jahon chempionati
Ishtiroki 1 (Ilk marta 2022-yili)
Osiyo kubogi
Ishtiroki 10 (Ilk marta 1980-yili)
Eng yaxshi natijasi Chempion (2019)
Arab kubogi
Ishtiroki 3 (Ilk marta 1985-yili)
Eng yaxshi natijasi Chempion (1992, 2004, 2014)

Qatar milliy futbol jamoasi — Qatarni xalqaro futbol maydonida himoya qiladigan milliy futbol jamoasidir. Milliy terma jamoa Qatar futbol assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Osiyo Kubogi gʻolibi (2019).

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qatar terma jamoasi hech qachon jahon chempionatiga chiqmagan, ammo 2022-yilda tashkilotchi sifatida ishtirok etadi. Ammo qatarliklar ikki marta futbol boʻyicha Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishgan — 1984- va 1992-yillarda. 1992-yilgi oʻyinlarda Qatar terma jamoasi chorak finalga yoʻl oldi va uzoq vaqt davomida bu natija ushbu mamlakat futboli tarixidagi eng katta muvaffaqiyat boʻldi.

15-Osiyo o‘yinlarida (2006) Qatar terma jamoasi futbol musobaqalarida oltin medallarni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Qatar 1992- va 2004-yillarda Fors ko‘rfazi kubogini qo‘lga kiritgan va har ikki holatda ham mezbon davlat bo‘lgan. Qatar terma jamoasi Jahon chempionatining final bosqichiga chiqa olmadi, ammo 20 yoshdan katta boʻlmagan futbolchilardan tashkil topgan jamoa 1981-yilda finalda Germaniya terma jamoasiga yutqazib, yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi.

2019-yilda Qatar terma jamoasi Osiyo Kubogida gʻalaba qozonib, oʻzining birinchi yirik xalqaro muvaffaqiyatiga erishdi. Gʻalaba juda ajoyib boʻldi: qatarliklar yettita oʻyinda yettita bor gʻalaba qozonib, 19ta gol urdi va faqat bir marta — Yaponiyaga qarshi final oʻyinida oʻz darvozasidan oʻtkazib yubordi. Hujumchi Almoez Ali turnirning eng yaxshi toʻpurari va futbolchisiga aylandi.

Xalqaro turnirlardagi chiqishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1978-yildan 2018-yilgacha — saralashdan oʻta olmadi
  • 2022-yil — turnir mezboni

Olimpiya oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1972-yildan 1980-yilgacha — qatnashmagan
  • 1984-yil — guruh bosqichi
  • 1988-yil — saralashdan oʻta olmadi
  • 1992-yil — 1/4 final
  • 1996-yildan 2020-yilgacha — saralashdan oʻta olmadi

Amerika kubogi (taklif etilgan)[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2019-yil — guruh bosqichi

KONKAKAF Oltin Kubogi (taklif etilgan)[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2021-yil — 1/2 final

Osiyo kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qatar terma jamoasi Osiyo Kubogi-2019 da

Osiyo oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1974-yil — ishtirok etmadi
  • 1978-yil — 1-guruh bosqichi
  • 1982-yil — ishtirok etmadi
  • 1986-yil — guruh bosqichi
  • 1990-yil — ishtirok etmadi
  • 1994-yil — guruh bosqichi
  • 1998-yil — chorak final

Konfederatsiyalar kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1992 — 2017 — saralashdan oʻta olmadi.

Mashhur futbolchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Qatar bayrogʻi Braziliya bayrogʻi Fabio Sezar
  • Qatar bayrogʻi Braziliya bayrogʻi Emerson Shayx
  • Qatar bayrogʻi Urugvay bayrogʻi Sebastyan Soriya

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]