Namangan muhandislik-qurilish instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Namangan muhandislik-qurilish intituti
(NamMQI)
Asl nomi Namangan muhandislik-qurilish intituti
Xalqaro nomi Namangan engineering-construction institute
Asos solingan 1991
Oʻquv yurti turi Institut
Rektori Shukurjon Kenjaboyev Sharipovich [1]
Talabalari 4516
Fakultetlar 6
Bakalavriat 21 ta yo‘nalishlar
Magistratura 7 ta yo‘nalishlar
Fan doktorlari 45 ta
Professorlar 39 ta
Manzili Islom Karimov ko'chasi 12 Namangan, Oʻzbekiston
Vebsayti www.nammqi.uz

Namangan muhandislik-qurilish intituti — Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati, Namangan shahrida joylashgan oliy taʼlim muassasasi. 1991-yilda tashkil topgan.

Tuzilma
Mashhur bitiruvchilar

OTM haqida[tahrir]

Azaliy ko‘rkam va go‘zal, gullar shahri Namangan istiqlol yillarida yanada obod va fayzli bo‘lib bormoqda. Ayniqsa, mamlakatimiz va xalqimizni nurafshon kelajakka eltuvchi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining alohida o‘rni va hissasi bor. Namangan muhandislik-pedagogika institutining tamal toshi asli 1979 yil qo‘yilgan. U 12 yil davomida, garchi mintaqaning malakali muhandis kadrlarga ehtiyoji katta bo‘lsa-da, totalitar tuzum siyosati tufayli markaziy institutlar, xususan Toshkent politexnika va Toshkent mashinasozlik institutlarining filiali bo‘lib keldi. Shunga qaramay, bu yerda mehnat qilgan pedagogik jamoa a’zolarining fidokorona mehnatlari va samarali ilmiy izlanishlar olib borganlari bois yoshlarga ilm-fan asoslari hamda mutaxassisliklar sirlari puxta singdirildi, har tomonlama yetuk kadrlar tarbiyalab yetishtirildi. Buning isbotini ayni chog’da viloyat va mintaqada ishlayotgan 10 mingdan ziyod rahbar va mutaxassis kadrlar shu filialning sobiq talabalari ekanligida ko‘rish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 29 martdagi 75-sonli Qaroriga asosan ushbu filial negizida Namangan sanoat-texnologiya instituti tashkil topdi. 1998 yil 24 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil qilish va ular faoliyatini boshqarish to‘g‘risida»gi 77-sonli Qarori qabul qilindi. Qarorga binoan institut Farg‘ona mintaqasining kasb-hunar kollejlari uchun zarur bo‘lgan muhandis-pedagoglar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan muhandislik-pedagogika institutiga aylantirildi. Bu o‘z navbatida institut professor-o‘qituvchilari jamoasi zimmasiga katta mas’uliyat yukladi. Birinchi navbatda institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini yanada oshirish va ayni vaqtda mintaqa uchun zarur bo‘lgan yangi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashga kirishish taqozo etilar edi. Intilganga tole yor, deyishadi. Shu bois institut rahbariyati, jamoat tashkilotlari, barcha professor-o‘qituvchilar jamoasi tomonidan bu yo‘nalishda amalga oshirilgan chora-tadbirlar o‘zining ijobiy natijalarini berdi. Institutda barcha jarayonlarda jamiyat hayotining ustuvor masalasi bo‘lgan ma’naviyat masalasiga, har jihatdan ma’naviy yetuk mutassislar tayyorlashga jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu borada, ayniqsa talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlari mazmunli va samarali o‘tkazish, ularning o‘qishi, yashashi va dam olishlari, 2-iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun ko‘plab davr talablariga mos tadbirlar tashkil etib borish, kam ta’minlangan, yetim-esir, nogirion talabalarni ijtimoiy ximoya qilish institut rektorligi va jamoat tashkilotlari faoliyatining asosiy mezonidir. 560 o‘rinli talabalar turar joyidagi shart-sharoitlarni Toshkent talabalar shaharchasidagi darajaga yetkazish uchun barcha chora tadbirlar ko‘rilmoqda. Kasb ta’limi yo‘nalishi bo’yicha tayanch oliy o‘quv yurti bo‘lgan institutda ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha takomillashgan davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalari ishlab chiqildi. Ta’limning uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollariga muvofiq kadrlar buyurtmachilarining yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, to‘plangan tajribalar hamda oliy ta’limni rivojlantirishning jahon tendentsiyasini tahlil etish va umumlashtirish asosida 182 ta fan bo’yicha namunaviy dasturlar ishlab chiqildi. Ular belgilangan tartibda tasdiqlanib, Respublikaning kasb ta’limi yo‘nalishlari mavjud bo‘lgan barcha oliy ta’lim muassasalariga o‘quv jarayoniga joriy etish uchun tarqatildi. Mazkur dasturlar asosida 400 dan ortiq fanlar uchun ishchi dasturlar ishlab chiqildi va o‘quv jarayoniga joriy etildi. Xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan yangi-yangi ixtisosliklar ochilishi bilan institut tobora kengayib, talabalar va professor-o‘qituvchilar soni ham ortib bordi. Ayni chog‘da institut professor-o‘qituvchilarining soni 300 nafardan ziyod bo‘lib, ularning 9 nafari fan doktorlari, professorlar, deyarli 108 nafari fan nomzodlari va dotsentlardir. Institutning o‘quv rejalaridagi 2,3,4, va 5 –blok fanlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar, elektron versiyalar, virtual stendlar, elektron darsliklar yaratildi va amalga joriy etildi. Oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlari pedagogik xodimlariga rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimida yuqori samara berayotgan innovatsion texnologiyalar bo‘yicha ta'lim xizmatlari tavsiya etildi. Zamonaviy chet el laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan kimyoviy texnologiya, fizika kafedralarida innovatsion pedagogik va informatsion texnologiyalardan foydalanib, o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladigan auditoriyalar tayyorlandi. shuningdek, so‘ngi rusumdaga kompyuterlar bilan jihozlangan 3ta kompyuter sinfi yaratildi Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan oliy o‘quv yurti va KHKlar uchun lotin imlosida tayyorlanib, chop etilgan 14 ta darslikning 3 tasi respublika tanlovi g‘olibi bo‘ldi. Mutaxassislar tomonidan 19 ta ta’lim beruvchi kompyuter dasturlari yaratildi va 50 ga yaqin dastur chetdan keltirib kiritildi. 250dan ziyod multimedia tizimi yaratilib, talabalar tomonidan samarali foydalanilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi 381- sonli Qaroriga asosan Namangan muhandislik-pedagogika instituti Axborot-resurs markaziga aylantirildi. Bugungi kunda ARMda 40dan ziyod Internet tarmog‘iga ulangan kompyuter texnikasi ishlamokda, shuningdek 2 ta Canon NR7161.A3 nusxa ko‘chirish apparati ham ARM uchun xizmat qilmoqda. Axborot resurs markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun OO‘MTV mablag‘lari hisobidan 12,5 mln so‘mlik 6 ta kompyuter, 2 ta printer, skaner, nusxa ko‘chirish apparati, videomagnitofon, musiqa markazi, EUO apparati, rangli televizor o‘rnatildi. Shuningdek, institut byudjetdan tashkari mablag‘lari hisobidan 9 ta RENTIUM rusumidagi kompyuterlar ARM va uning shahobchalariga o‘rnatildi. Hozirgi kunda ARM kitob zahirasi 223089 nusxani tashkil etadi, uning 106715 nusxasi o‘quv, 3403 nusxa ilmiy adabiyotlari va 29484 nusxa badiiy adabiyotlar. Umumiy fondning 118072 nusxasi o‘zbek tilida, 97707 nusxasi rus va 4300 nusxasi ingliz tilida. ARM ning elektron katalogi (Cyber Librare) yaratilgan. ARMning kitobxonlar soni 16250 nafar bo‘lib, shundan 5600 nafari talabalar, 310 nafari professor-o‘qituvchilar, 10340 nafari boshqa kitobxonlardir. Fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental va amaliy grant loyihalari asosida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bugungi kunda xalq xo‘jaligida dolzarb bo‘lgan fizika, ximiya, sanoat, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida yechilishi lozim bo‘lgan muammolar institut olimlari ilmiy tadqiqot ishlarining asosiy mavzularidir. Institut olimlari tomonidan ishlab chiqarishga joriy etilgan yangiliklar va ixtirolar, jumladan, «Qizil ravot» suv tozalash inshooti, «Namanganvino» aktsionerlik jamiyati, konserva zavodi va ko’plab qurilish tashkilotlari faoliyatiga tadbiq etilishi tufayli katta samaradorlikka erishilganligi quvonarli holdir. Institut jamoasi zahmatli mehnatlari tufayli katta obro‘-e’tibor topgan professorlar P.Matkarimov, M. Ismoilov, SH. Yuldashev, G’. G’ulomov, M.Dadamirzaev, dotsentlar A. Akbarov, J. Muhammedov, A. Otaboeva, R. Ismatov, A. Nasriddinov, A. Rahimov, S. Razzoqov kabilar bilan hakli ravishda faxrlanadi. Institut ilm ahli zamon talablari asosida ish ko‘rib, ta’lim-tarbiya jarayonini eng rivojlangan davlatlar tajribasi bilan boyitish maqsadida Angliya, AQSH, SHvetsiya, Kanada, Janubiy Koreya, Malayziya, Yaponiya kabi davlatlardagi o‘ndan ortiq nufuzli universitetlar bilan ilmiy-pedagogik hamkorlik qilib kelmokda. Institutda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni davr talablari asosida muvaffaqiyatli ijro etish va istiqboldagi boshqa ezgu va xayrli ishlarda faol ishtirok etishning porloq istiqbollari belgilangan.

Tarixi[tahrir]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 29 mart 75-sonli qarori bilan Toshkent mashinasozlik institutining Namangan filiali asosida tashkil qilingan. Namangan sanoat-texnologiya instituti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevral 77-sonli "Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ular faoliyatini boshqarish to‘risida”gi qaroriga asosan Namangan muhandislik-pedagogika institutiga aylantirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2909-son qaroriga asosan, Namangan muhandislik-qurilish institutiga aylantirish va uning ixtisoslashuvini o‘zgartirish belgilangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 iyuldagi "Namangan muhandislik-qurilish instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 540-sonli qaroriga muvofiq 2017-2018 o’quv yilidan Namangan muhandislik-qurilish instituti sifatida o‘z faoliyatini olib bormoqda.


Faoliyati[tahrir]

Namangan muhandislik-qurilish institutida bugungi kunda 6 ta fakultet, 23 ta kafedra faoliyat olib bormoqda. Umumiy talabalar soni esa 4516 tani tashkil etadi. Hozirgi kunda 31 ta bakalavr, 10 ta sirtqi, 4 ta ikkinchi mutaxasislik, 7 ta magistratura yo‘nalishlari bo’yicha talabalar ta’lim olishmoqda. Shu jumladan davlat grantlari bo‘yicha 2019 –yil institut professor o‘qituvchilari tomonidan jami 4ta, jumladan 2 ta fundamental, 2 ta amaliy loyihalar bajarilmoqda. Loyihalarning umumiy summasi 325,583 mln so‘mni tashkil etadi. Institut salohiyatini oshirish maqsadida xalqaro institutlar bilan hamkorliklar mavjud. Shu jumladan Rossiya federatsiyasi “Казан” federal universiteti filiali “Набережно-Челнинский” instituti bilan(2018-yil 13-sentyabrda №07/10-09/1665) va Janubiy Ural davlat universiteti (28-yanvar 2019-yil №14) shartnomalar imzolangan. Xozirgi kunda

  1. 5320200 - Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jixozlash va avtomatlashtirish;
  2. 5230200 – Menedjment (tarmoqlar bo‘yicha);
  3. 5310600 – Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi;
  4. 5330200 - Informatika va axborotlar texnologiyasi;
  5. 5310200 - Elektroenergetika;
  6. 5340100 - Arxitektura;
  7. 5340200 - Bino va inshootlar qurilishi

ta’lim yo’nalishlari bo’yicha talabalar qabul qilingan va qo’shma dastur asosida o’quv jarayonlari olib borilmoqda. Institutda qo’shma dastur asosida

  1. 5320200 - Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chikarishini jihozlash va avtomatlashtirish;
  2. 5230200 – Menedjment (tarmoklar buyicha);
  3. 5310600 – Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi;
  4. 5330200 - Informatika va axborotlar texnologiyasi;
  5. 5310200 - Elektroenergetika;
  6. 5340100 - Arxitektura;
  7. 5340200 - Bino va inshootlar qurilishi ta’lim

yo‘nalishlari uchun o‘quv reja, ishchi o‘quv reja, na’munaviy dastur, ishchi fan dasturlari tasdiqlangan. O‘quv rejada belgilangan fanlarning ma’ruza, amaliy, seminar va tajriba mashg‘ulotlari tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilmoqda, hamda laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar o‘tkazishlari uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan xonalar mavjud. Shu jumladan 2000 yilda Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyi tashkil etilgan. Akademik litsey Koreya davlati krediti bo‘yicha jihozlangan. Ta'lim muassasasida A8X2A o‘lchamli sport zali, 7 ta lingofon, 2 ta kompyuter sinfi, 6 ta kimyo, fizika va biologiya o‘quv-laboratoriya xonalari, 37 ta o‘quv xonalari, sog‘liqni tiklash va ma'naviyat-ma'rifat xonasi va faollar zali mavjud. Mavjud kompyuterlar tarmoq orqali bir-biriga bog‘langan bo‘lib, ular internet tarmog‘iga ulangan. Akademik litseyning o‘quvchilar turar joyida uzoq tumanlardan kelgan o‘quvchilarning deyarli barchasi zamonaviy talabga ega bo‘lgan yotoqxona bilan ta'minlangan. Uning 2-qavatida 200 nafar o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lgan oshxona mavjud. Oshxonada barcha sharoitlar yaratilgan. Akademik litseyda 4 ta: ijtimoiy-gumanitar, xorijiy f ilologiya, aniq fanlar va tabiiy fanlar ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta'lim-tarbiya ishlari olib borilmoqda. O‘quvchilarga 83 nafar professor-o‘qituvchilar ta'lim berib kelmoqdalar.

Xalqaro hamkorliklar[tahrir]

Namangan muhandislik-qurilish intituti Rossiya federatsiyasi Kazan federal universiteti filiali Naberejno-CHelninskiy instituti bilan (2018 yil 13 sentyabrda №07/10-09/1665) va Janubiy ural davlat universiteti (28 yanvarь 2019 yil №14) shartnomalar imzolangan. Xozirgi kunda 1) 5320200-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chikarishini jixozlash va avtomatlashtirish; 2) 5230200– Menedjment (tarmoklar buyicha); 3) 5310600 – Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi; 4) 5330200-Informatika va axborotlar texnologiyasi; 5) 5310200-Elektroenergetika; 6) 5340100-Arxitektura; 7) 5340200-Bino va inshootlar qurilishi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha talabalar qabul qilingan va qo’shma dastur asosida o’quv jarayonlari olib borilmoqda. Institutda qo’shma dastur asosida 1) 5320200-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chikarishini jixozlash va avtomatlashtirish; 2) 5230200– Menedjment (tarmoklar buyicha); 3) 5310600 – Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi; 4) 5330200-Informatika va axborotlar texnologiyasi; 5) 5310200-Elektroenergetika; 6) 5340100-Arxitektura; 7) 5340200-Bino va inshootlar qurilishi ta’lim yo’nalishlari uchun o’quv reja, ishchi o’quv reja, na’munaviy dastur, ishchi fan dasturlari tasdiqlangan. Bulardan tashqari institutda Rossiya federatsiyasini Qozon universiteti bilan hamkorlik mavjud.

Mutaxassiliklar[tahrir]

Bakalavr (sirtqi ikkinchi mutaxasislik)[tahrir]

Bakalavr (sirtqi ikkinchi mutaxasislik)
5340200 Binolar va inshootlar qurilishi (sanoat va fuqaro binolari)
5340800 Avtomobil yo‘llari va aerodrom
5310200 Elektroenergetika (Energiya ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash bo‘yicha)
5230100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Magistratura mutaxasisligi[tahrir]

Magistratura mutaxasisligi
5A310601 Yerusti transport vositalari va tizimlari (transport turlari bo‘yicha)
5A340201 Bino va inshootlar qurilish (inshootlar turi bo‘yicha)
5A340401 Suv ta’minoti, kanalizatsiya, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish
5A330201 Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
5A340403 Issiqlik-gaz ta’minoti, ventilyatsiya, havoni mo‘tadillash va havo havzasini muhofaza qilish
5A341401 Avtomobil yo‘llarini loyihalash va qurish
5A320401 Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)

Fakultetlar[2][tahrir]

Hozirgi kunda institut tarkibida jami 6 ta fakultet bor. Ular :

  • Qurilish-texnologiya[1]
  • Transport[2]
  • Qurilish[3]
  • Muhandislik kommunikatsiyalari[4]
  • Mashinasozlik[5]
  • Energetika va sanoatni axborotlashtirish[6]

Kafedralar[3][tahrir]

Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari[7]
Qurilish materiallari buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish[8]
Yer usti transport tizimlari[9]
Umumtexnika fanlar[10]
Ijtimoiy fanlar[11]
Bino va inshootlar qurilishi[12]
Qurilish arxitektura[13]
Materiallar qarshiligi mexanika[14]
Jismoniy madaniyat va sport[15]
Oliy matematika[16]
Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji[17]
Avtomobillar yoʻllari va aerodromlar[18]
Iqtisodiyot[19]
Pedagogika va pedagogik texnologiyalar[20]
Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish[21]
Tеxnologik mashinalar va jihozlar[22]
Hayot faoliyati xavfsizligi[23]
Fizika[24]
Informatika va axborot texnologiyasi[25]
Menejment[26]
Energetika[27]
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari[28]

Yo‘nalishlar[tahrir]

Bakalavr(kunduzgi)[tahrir]

Bakalavr(kunduzgi)
1 5340800 Avtomobil yoʻllari va aerodromlar
Matematika / Fizika / Ona tili va adabiyoti
2 5340200 Bino va inshootlar qurilishi (turlari boʻyicha)
Matematika / Fizika / Ona tili va adabiyoti
3 5310200 Elektr energetikasi (tarmoqlar va yoʻnalishlar boʻyicha)
Matematika / Fizika / Ona tili va adabiyoti
4 5330200 Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
Matematika / Fizika / Chet tili
5 5232900 Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
Matematika / Chet tili / Ona tili va adabiyoti
6 5320400 Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari boʻyicha)
Kimyo / Matematika / Ona tili va adabiyoti
7 5341300 Kommunal infratuzilma va uy-joy kommunal xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish
Matematika / Fizika / Ona tili va adabiyoti
8 5320200 Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish
Matematika / Fizika / Ona tili va adabiyoti
9 5640200 Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
Matematika / Fizika / Ona tili va adabiyoti
10 5310900 Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti (tarmoqlar boʻyicha)
Fizika / Matematika / Chet tili
11 5340400 Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari boʻyicha)
Matematika / Fizika / Ona tili va adabiyoti
12 5312400 Muqobil energiya manbalari (turlari boʻyicha)
Fizika / Matematika / Chet tili
13 5341000 Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish
Matematika / Ijodiy (kasbiy) / Ona tili va adabiyoti
14 5340500 Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
Matematika / Fizika / Ona tili va adabiyoti
15 5340300 Shahar qurilishi va xoʻjaligi
Matematika / Fizika / Ona tili va adabiyoti
16 5620100 Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi (transport turlari boʻyicha)
Matematika / Fizika / Chet tili
17 5321700 Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari
Matematika / Fizika / Chet tili
18 5320300 Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar boʻyicha)
Matematika / Fizika / Ona tili va adabiyoti
19 5340600 Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (transport inshootlari turlari boʻyicha)
Matematika / Fizika / Ona tili va adabiyoti
20 5610102 Xizmatlar sohasi: uy-joy kommunal va maishiy xizmatlar
Matematika / Fizika / Ona tili va adabiyoti
21 5310600 Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari boʻyicha)
Matematika / Fizika / Chet tili

Bakalavr(sirtqi)[tahrir]

Bakalavr(sirtqi)
1 5340800 Avtomobil yoʻllari va aerodromlar
Matematika / Fizika / Ona tili va adabiyoti
2 5341400 Avtomobil yoʻllari, koʻpriklar, tonnellar, yoʻl oʻtkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish
Matematika / Fizika / Ona tili va adabiyoti
3 5340200 Bino va inshootlar qurilishi (turlari boʻyicha)
Matematika / Fizika / Ona tili va adabiyoti
4 5330200 Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
Matematika / Fizika / Chet tili
5 5320200 Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish
Matematika / Fizika / Ona tili va adabiyoti
6 5340400 Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari boʻyicha)
Matematika / Fizika / Ona tili va adabiyoti
7 5340500 Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
Matematika / Fizika / Ona tili va adabiyoti
8 5340600 Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (transport inshootlari turlari boʻyicha)
Matematika / Fizika / Ona tili va adabiyoti
9 5310600 Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari boʻyicha)
Matematika / Fizika / Chet tili
10 5620400 Yoʻl harakatini tashkil etish
Matematika / Fizika / Ona tili va adabiyoti

Magistr[tahrir]

Magistr
1 5А310601 Yerusti transport vositalari va tizimlari (transport turlari bo’yicha)
Mutaxasislik fani / Chet tili
2 5А340201 Bino va inshootlar qurilish (inshootlar turi bo’yicha)
Mutaxasislik fani / Chet tili
3 5А340401 Suv ta’minoti, kanalizatsiya, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish
Mutaxasislik fani / Chet tili
4 5А320401 Noorganik moddalarning kimyoviy texnoloyiyasi(ishlab chiqarish turlari bo'yicha)
Mutaxasislik fani / Chet tili
5 5А330201 Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti (tarmoq va soxalar bo'yicha)
Mutaxasislik fani / Chet tili
6 5А340403 Issiqlik gaz ta'minoti, ventelatsiya, havoni mo'tadillash va havo havzasini muhofaza qilish
Mutaxasislik fani / Chet tili
7 5А340401 Avtomobil yo'llari loyihalash va qurish
Mutaxasislik fani / Chet tili

Adabiyotlar[tahrir]

  • Ushbu ma'lumotlar Namangan muhandislik qurilish intitutining web saytidan olindi. nammqi.uz.

Transportlar[tahrir]

Transportlar: 4,5,13,17,19,21,22,23,33,33A yo'nalishdagi avtobuslar.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]