Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi“ faxriy unvoni
Turi faxriy unvon
Taqdirlash asosi xalq xoʻjaligi barcha tarmoqlarining iqtisodiyotni yuksaltirishda alohida xizmat koʻrsatgan yuqori malakali iqtisodchilariga va buxgalteriya hisobi xodimlariga
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Holati topshiriladi
Taʼsis etilgan sanasi 1996-yil 26-aprel.

"Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi" faxriy unvoni — xalq xoʻjaligi barcha tarmoqlarining iqtisodiyotni yuksaltirishda alohida xizmat koʻrsatgan yuqori malakali iqtisodchilariga va buxgalteriya hisobi xodimlariga beriladi[1][2][3][4].

  • Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
  • Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida xalq xoʻjaligi obyektlari razmlari tushirilgan Oʻzbekiston Respublikasi xaritasi fonida kompyuter, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab "XIZMAT KOʻRSATGAN IQTISODCHI" degan yozuv joy olgan.
  • Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
  • Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.