Henri Bergson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Henri Bergson (18-oktabr 1859 – 4-yanvar 1941)— fransuz faylasufi, intuitivizm va hayot falsafasi namoyandasi. Kolledj de Frans professor (1900). Fransiya akademiyasi aʼzosi (1914). Bergson fikricha, haqiqiy va boshlangʻich reallik—metafizikkosmik jarayon, "hayotiy shiddat", ijodiy evolyutsiya sifatidagi hayotdir; u intellektga qaramaqarshi boʻlgan intuitsiya vositasi bilan erishiladigan "davomiylik"dan tarkib topgan; materiya, ong , xotira, ruh — "davomiylik"ning turli jihatlaridir. Bergson jamiyatdagi hukmronlikni va itoat qilishni "tabiiy" holat, urushni muqarrar suratda yuz beradigan "tabiat qonuni", deb hisobladi. Asosiy asarlari: "Ongning bevosita maʼlumotlari" (1889), "Materiya va zehn" (1896). "Ijodiy evolyutsiya" (1907), "Axlok, va dinning ikki manbai" (1932). Nobel mukofoti laureati (1927)[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil