Patrick White

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

UAYT (White) Patrik Viktor Martindeyl (1912.28.5, London — 1990, Avstraliya) — avstraliya yozuvchisi. Kembrij universitetini tugatgan (1935). 1940—45 yillar Britaniya aviatsiyasida xizmat qilgan. 1946 yildan Avstraliyada yashagan. Birinchi romani — "Baxtli vodiy" (1939). Ikkinchi romani — "Tiriklar va oʻliklar" Ikkinchi jahon urushi yillari yaratilgan. Urushdan keyin "Abissiniyaga qaytish" va "Soxta dafn" pyesalarini yozgan. "Xolamning sarguzashti" romani AQShda yaxshi baholangan. Asar oʻz ichki dunyosiga berilib aqldan ozgan Gudmen ismli ayol haqida. "Inson shajarasi" (1955) romani erkak va ayolning oilaviy tarixi haqida boʻlib, yozuvchi oddiy kishilar hayoti misolida insoniy hayotning ulugʻvorligini aks ettirgan. U. "Tumor" (1966), "Vivisektor" (1970), "Boʻron koʻzi" (1973) kabi romanlar muallifi. Novellalar ham yozgan ("Kuyganlar" va boshqalar). Soʻnggi asarlari: "Yaproqdan yasalgan belbogʻ" (1977), "Tuaynbernlar bilan boʻlgan chigal ish" (1979) romanlari, "Tom toʻsinidagi xudo" (1978) sheʼrlar toʻplami. Xilmaxil nutqiy qatlamlar va ohanglarning , poetik ramzlar va "ayovsiz" realizmning , koʻtarinki ruh va mubolagʻaning oʻzaro qoʻshilib ketishi U. uslubiga xos xususiyatdir. Nobel mukofoti laureati (1973)[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil