Benjamin Disraeli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

DIZRAELI (Disraeli) Benjamin, graf Bikonsfild (1804.21.12 — London — 1881.19.4) — Buyuk Britaniya bosh vaziri (1868 va 18741880), Konservatorlar partiyasining rahbari; yozuvchi. 1852, 1858—59, 1866—68 y.larda moliya vaziri. D. hukumati mustamlaka-bosqinchilik siyosatini olib borgan (1878 y. Kiprni bosib olgan, Misrni egallab olish uchun zamin hozirlagan). "Koningsbi" (1844), "Sibilla yoki Ikki millat" (1845) kabi siyosiy romanlarida sotsial ziddiyatlarni yumshatishda aristokratiyaga yetakchi oʻrin ajratgan[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil