William Faulkner
William Faulkner | |
---|---|
William Cuthbert Faulkner | |
![]() | |
Tavallud sanasi | 25-sentyabr 1897[1][2] |
Vafot sanasi | 6-iyul 1962[3][1][2] |
Fuqaroligi | AQSh |
Asarlari tili | Ingliz tili[1] |
William Faulkner (1897.25.9, NyuOlbani — 1962.6.7, Oksford, Missisipi shtati) — amerikalik yozuvchi. 20-asr jahon adabiyoti klassiklaridan. Birinchi jahon urushi yillari (1914—18)da Kanada aviatsiyasida xizmat qilgan, lekin harbiy harakatlarda qatnashmagan. Missisipi universitetida oʻqigan (1919). 1920-yil universitetni tashlab, NyuYorkka ketgan. U yerdagi kitob doʻkonida sotuvchilik qilgan. Bir oz vaqtdan soʻng Oksfordga qaytib, universitetda pochtachi boʻlib ishlagan. 1925-yil NyuOrleanga kelgan. Shundan keyin F.ning "Askar mukofoti" (1926) va "Chivinlar" (1927) romani chop etilgan, birok, bu asarlar muvaffaqiyat qozonmagan. F. umidsizlanmay, "Sartoris" (1929) romanini yozgan. Asar voqealari Amerika janubida joylashgan xayoliy Yoknapatora shahrida kechadi. Ushbu roman tanqidchilar eʼtiborini tortgan boʻlishiga karamay, F. "Shovqin va gʻazab" (1929) romanidan keyingina tan olingan. "Oʻlim toʻshagida" (1930) romani 59 ta ichki monologdan iborat. "Ibodatxona" (1931) asari gangster tomonidan zoʻrlangan ayolning fohishaxonadan boshpana topishi haqida hikoya qiladi. Roman tez orada mashhur boʻlib ketgan. "Avgust yogʻdusi" (1932) romanida irqchilik va puritanlik prinsiplarining salbiy oqibatlari ochib tashlangan. "Avessalom, Avessalom" (1936) romanida janubida plantatorlarning "yangi dinastiya" sini yaratish uchun boʻlgan harakatlarning oqibatsizligi koʻrsatilgan. F. "Qishloqcha" (1940), "Shahar" (1957), "Qoʻrgʻoncha" trilogiyasi, "Bu, oʻn uchlar" (1931), "Kel, Muso" (1942) hikoya va novellalar toʻplamlari muallifi. "Tanlangan asarlar" toʻplami chop etilgach, F. asarlariga qiziqish birmuncha oshgan. 1962-yilda soʻnggi romani — "Olibqocharlar"ni yoza boshlagan. Ammo asar tugallanmagan. Nobel mukofoti laureati (1949)[4].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 (unspecified title)
- ↑ // (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() |