Camilo José Cela

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

SELA (Sela) Kamilo Xose (1916.11.5, Lakorunya viloyati, Padron shaharchasi) — ispan yozuvchisi, akademik (1957). Madridda va Angliyada huquq ilmini oʻrgangan. Jami 70 ga yaqin kitob yozgan. Romanlari va hikoyalarining bosh mavzui — hozirgi jamiyatdagi odamning nochorligi, fojiaviy ahvoli. Eng yaxshi ro-manlari — "Pasqual Duartening oilasi" (1942) va "Asalari uyasi" (1951)da hayotning nochorligi, tutruqsizligi mavzui tilga olinib, Ispaniyaning Franko davridagi hayoti misolida yori-tilgan. "Alkorriyaga sayohat" (1948), "Bekor vaqtlar gʻiddiragi" (1957) ocherklar toʻplamlarida xalq hayoti, unda oʻz oʻrnini topa olmagan inson fojiasi hujjatdatillar asosida xolislik bilan tasvirlangan. "Tormeslik Lasariloning yangi sarguzashtlari va musibatlari" (1944) asari bilan makr-hiyla maz-munidagi roman janrini qayta tiril-tirishga uringan. Haddan tashqari mubolagʻaga boy hikoyalari "Ispaniya hikoyalari. Koʻrlar va tentaklar" (1957) toʻplamida jamlangan. P.Pikasso bilan birgalikda "Sevgisiz latifalar toʻpla-mi" (1962)ni nashr ettirgan. "1936 yil Madridda avliyo Kamilo kuni arafasi, bayrami va bayramdan keyingi hafta" (1969) romanida ispaniyadagi fuqarolar urushi (1936— 39) qurbonlariga chuqur hamdardlik aks etgan. Nobel mukofoti laureati (1989).[1][2]

Manbalar[tahrir]