Rudyard Kipling
Rudyard Kipling | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi | 30-dekabr 1865[1][2][3][4][5] |
Vafoti | 18-yanvar 1936[1][2][3][4][5] |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik[6] va United Kingdom of Great Britain and Ireland |
Otasi | John Lockwood Kipling |
Onasi | Josette Whisky |
Imzo | |
![]() |
Rudyard Kipling (talaffuzi: Redyard Kipling) (1865.30.12, Mumbay — 1936.18.1, London) — ingliz yozuvchisi. Nobel mukofoti laureati (1907). Yoshligi Hindistonda oʻtgan. "Mahkama qoʻshiklari" (1886) sheʼriy toʻplami, "Togʻ hikoyalari" (1888) va "Uch soldat" (1888) novellalari, "Nur soʻndi" (1890), "Kim" (1901) romanlarida Britaniya harbiy kuchlari, ingliz-sakson sivilizatsiyasi madh etilgan.
Kazarma qoʻshiqlari“ (1892), "Yetti dengiz" (1896), "Besh millat" (1903) sheʼriy toʻplamlarida oddiy kishilar hayoti va fidoyiliklari tasvirlangan. Qoʻshiklari xalq ogʻzaki ijodi uslubiga yaqin. Bolalar haqidagi "Dovyurak dengiz sayyohlari" (1897), "Shunchaki ertaklar" (1902) qissalari, Mowgli (talaffuzi: Maugli) sarguzashtlariga bagʻishlangan "Jungli kitobi" (1-kitob, 1894; 2-kitob, 1895) keng tarqalgan. "Rikki-Tikki-Tavi" (1964),"Mowgli" (1974) va boshqa asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Kipling asarlari asosida bolalar uchun multfilmlar yaratilgan[7].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 (unspecified title)
- ↑ 3,0 3,1 (unspecified title)
- ↑ 4,0 4,1 (unspecified title)
- ↑ 5,0 5,1 (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |