Paul Heyse
Paul Heyse | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi | 15-mart 1830[1][2] |
Vafoti | 2-aprel 1914[1][2] |
Ijod qilgan tillari | Nemis tili[1] |
Fuqaroligi | Prussiya qirolligi |
Paul Heyse (1830.15.3, Berlin — 1914.2.4, Myunxen) — nemis shoiri, yozuvchi va novellachisi. Berlin, Bonn (1847—51), Shveysariya va Italiya (1852—53) universitetlarida taʼlim olgan. Myunxen yozuvchilar toʻgaragi rahbarlaridan biri; "sanʼat sanʼat uchun" (sof sanʼat — badiiy ijodning muayyan maqsadga qaratilgani, sanʼatning siyosat va jamiyat talablaridan mustaqil boʻlishini yoklovchi bir qator estetik konsepsiya) tarafdorlaridan. Dastlabki asarlari — "Arrabiata" novellasi va "Marion" kissasi (1855). "Treppilik kiz" (1858), "Andrea Delfin" (1859), "Ona portreta" (1859) asarlari muallifi. X. kissalar va hikoyalardan tashqari dramatik asarlar ham yozgan. "Gans Lange" (1866) pyesasi, "Mariya Magdalina" (1899) tragediyasi ommabop boʻlib ketgan. Shunga qaramay, X. yozuvchi sifatida koʻproq tanilgan. "Asr farzandlari" (1873), "Jannatda" (1875), "Merlip" (1892) romanlarida axloqiy masalalar yoritilgan. X.ning 24 jildli novellalari, 6 roman, 60 ga yaqin pyesa va 9 sheʼriy toʻplami nashr etilgan. Nobel mukofoti laureati (1910)[3].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |