Imre Kertész

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Imre Kertész
Tavalludi 9-noyabr 1929[1][2]
Vafoti 31-mart 2016[3][2]
Ijod qilgan tillari Venger tili[4] va Nemis tili
Fuqaroligi Mojariston

Imre Kertész (1929, Budapesht) — venger yozuvchisi. Ijodini 1953 yilda tarjimonlikdan boshlagan, ocherklar yozgan. Dastlabki yirik asari boʻlgan "Taqdirsiz odam" (1975) romani K. ga shuhrat keltirdi. Shundan soʻng "Angliya bayrogʻi" (1991), "Izquvar" (1977) romanlarini yaratdi. "Tugʻilmagan bolaga aza" (1990) qissasida asar qahramoni universitet professori boʻlgan doʻstiga oʻzini baxtsiz hayoti haqida hikoya kidali. K. Ikkinchi jahon urushi yillarida otasi bilan Aushvits, Buxendvald konslagerlariga tushib, tirik qolgan. Yozuvchining asosiy asarlari hayotining ana shu fojiali davri haqidadir. U oʻz ijodida ommaviy ezish tizimiga shaxsning qarshi turishi mavzusini yoritgan. K. adabiyotdagi "guvohlik adabiyoti" deb nomlangan yangi oqimning asoschisi sanaladi. Nobel mukofoti laureati (2002).[5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]