Bertrand Russell

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bertrand Arthur William Russell, Earl Russell III
Tavalludi 18-may 1872-yil, Trellech, Monmouthshire, Uels
Vafoti 2-fevral 1970-yil(1970-02-02)
(97 yoshda), Penrhyndeudraeth, Uels
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik va United Kingdom of Great Britain and Ireland
Koʻrsatgan taʼsirlari Tahliliy falsafa, Wittgenstein, A. J. Ayer, Rudolf Carnap, Kurt Gödel, Karl Popper, W. V. Quine, N. Chomsky, J. L. Austin, Saul Kripke, Moritz Schlick, Alfred Tarski, Friedrich Waismann, Donald Davidson
Olgan taʼsirlari Leibniz, Hume, G.E. Moore, John McTaggart, Frege, Whitehead, Wittgenstein, Mill, Thomas Paine
Otasi John Russell, Viscount Amberley
Onasi Katharine Russell, Viscountess Amberley

Bertrand Arthur William Russell, 3-Earl Russell (18-may 18722-fevral 1970) britan faylasufi, tarixchi, matematik, patsifist, ratsionalist, Qirollik Jamiyati aʼzosi, Nobel mukofoti va "Xizmatlari uchun" ordeni laureati boʻlgan[1]. Buyuk Britaniya va AQShda bir necha untlarning professor 1908-yildan London qirollik jamiyati aʼzosi. Ingliz neorealizmi va neopozitivizmi asoschisi. Uning fikricha, falsafa oʻz muammolarini tabiiyot ilmidan oladi, uning vazifasi — tabiiyot ilmi tamoyillari va tushunchalarini tahlil qilish va tushuntirishdan iborat. Mat.ni mantiqan asoslab berish maqsadida mantiqning deduktivaksiomatik tuzilishini rivojlantirgan. "Matematika asoslari" (A. Uaytxed bilan birgalikda; 1—3j.lar, 1910—13) asarini yozgan. R. oʻzining sotsiologik karashlari bilan psixologizmga yaqinlashgan. Uning fikricha, tarixiy jarayon va odamlarning xattiharakati asosida instinkt, hissiyot yotadi. R. obyektiv tarixiy qonuniyatlarni aniqlash mumkin emas, deb hisoblagan. U yadro qurolini taqiqlash va tinchtotuv yashash siyosatining tarafdori boʻlgan. Paguosh harakati tashabbuskorlaridan biri. Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureata (1950).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil