Verner von Heidenstam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Carl Gustaf Verner von Heidenstam (1859.6.7, Olsxammar, Erebru — 1940.20.5, Evralid, Esteryyotland) — shved shoiri va yozuvchisi. Shved. akademik aʼzosi (1912). Ilk sheʼrlar toʻplami — "Ziyorat va dunyo kezish yillari" (1888). Oʻrtayer dengizi atrofidagi koʻhna dunyo "Endimion" (1889) romanida aks etgan. "Renessans" (1890) romanida oʻzining adabiy manifesti eʼlon qilingan. Unda naturalizmni tanqid qilib, boy tasavvur, goʻzallikni jonli his qiladigan va tushkun boʻlmagan realizmga asoslangan yangicha estetika yaratishga chaqirgan. X. "Sheʼrlar" poetik toʻplamidan soʻng shved adabiyotida yirik shaxs sifatida tanilgan. X. Shvetsiyani qudratli saltanatga aylantirgan qirol Karl XII davri askarlari haqida hikoyalar yozib (1897—98), ularni birbiriga mazmunan ulab, "Karl XII ning yurishlari" kitobini yaratadi. Bu kitob orqali yangicha, milliy afsona yaratmokchi boʻlgan. "Avliyo Birgit ziyorati" (1901), "Folkunglar shajarasi" (1905—07, 2 j.li) romanlari hamda "Shvedlar va ularning dohiylari" (1908—10, 2 j.li) dostonida u oʻzining dastlabki gʻoyalaridan chekinib, aristokratik dunyosiga qaytgan. 1915 yil nashr etilgan "Yangi sheʼrlar" kitobidan soʻng X. Shvetsiyaning koʻzga koʻringan lirik shoiri sifatida tan olingan. Nobel mukofoti laureati (1916)[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil